Sirojiddin Sayyid haqida

Sirojiddin Sayyid

Tavallud topgan sana: 30 oktabr 1956 yil

Tug’ilgan joy:Surxondaryo

Tarjimai hol

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid 1958 yil 30 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Toshkent oqshomi” gazetasi, “Mushtum” jurnalida ishlagan.

Keyingi yillar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu kungacha Sirojiddinning “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim” va “Vatanni o‘rganish” kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Agar uning birinchi “Orzu” nomli she’ri 1975 yilda chop etilgan bo‘lsa, birinchi to‘plami “Ruhim xaritasi” nomi bilan 1985 yilda chop etilgan.

O‘zbek tiliga A. Voznesenskiy, B. Axmadulina, V. Visotskiy, A. Faynberglarning ko‘plab she’rlarini tarjima qilgan.

Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Tojikiston va Turkmanistonda chop etilgan.

arboblar.uz