💊Stopdiar kapsulasi — diareyaga qarshi vosita.
💊Chiqarilish shakllari :👇
—Kapsula ,
—Tabletka ,
—Sirop ko’rinishida.
#Stopdiar kapsulasi
#Стопдиар капсуласи
💊Dori shakli : kapsula
💊Tarkibi : 👇
Har bir kapsula 200 mg nifuroksazid moddasidan iborat.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Diareyaga qarshi , yallig’lanishga qarshi , ichak kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vosita.
💊Qo’llanilishi
— Bakterial kelib chiqqan o’tkir va surunkali diareyada ( ich ketishda).
— Diareya bilan kuzatiladigan boshqa kasalliklarda.
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar uchun 1 kapsuladan sutkasiga 4 marta , xar 6 soatda qabul qilinadi.
💊Nojo»ya ta’siri
—Teri toshmasi, eshakyemi
— angionevrotik shish.
— Qorinda og’riq
— Ko’ngil aynish,qusish
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Xomiladorlik va emizish davrida
— Qandli diabeti bor bemorlarga mumkin mas. ( tarkibida saxaroza bor).
— Qabziyatda qabul qilish mumkin emas.
— Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.
💊ESLATMA : Preparatni 3 kun davomida qo’llash kerak . Agar 3 kun ichida yaxshi natija bermasa qabul qilishni to’xtatish kerak. Tizimli antibakterial davoga o’tish kerak. Agar diareya kuchli bo’lsa , ko’ngil aynib qusish to’xtamasa regidratonik eritmasini ( osmasini ) vena ichiga yuborish kerak.
7 yoshdan kichik bolalarga stopdiar preparati tavsiya qilinmaydi.