Instagram-akkauntingizni begonalardan qanday yashirish mumkin
⛔️ Instagram-akkauntingizni begonalardan qanday yashirish mumkin
👨👨👧👧 Instagram — bu ochiq ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Ammo hamma ham oshkoralikni xohlamaydi. Agar rasmlaringizni obunachilaringizdan boshqalar ko‘rishini istamasangiz, quyidagilarni bajarishingiz kerak:
1️⃣ Ilova sozlamalariga o‘ting (ekranning burchagida bir-birining ustida joylashgan uchta gorizontal chiziqlar).
2️⃣ Sozlamalar — Maxfiylik — Hisob maxfiyligini tanlang (Nastoyki — Konfidensialnost — Konfidensialnost akkaunta).
3️⃣ Ushbu bo‘limda «Shaxsiy hisob» (Zakritiy akkaunt) tugmasini yoqishingiz kerak bo‘ladi.
✅ Akkauntingiz «Shaxsiy hisob» (Zakritiy akkaunt) ga o‘tgandan so‘ng, barcha ma’lumotlaringiz (rasm, video) faqat hozirgi obunachilaringiz uchun ko‘rinadigan bo‘ladi (lekin, yopiq akkauntni ham ko‘rish norasmiy usullari mavjud).