Logan flakon ( osma) — antibiotik vosita

💊Logan flakon ( osma) — antibiotik vosita.

#Logan flakon ( osmasi ).
#Логан флакон ( осма).

💊 Dori shakli : infuziya uchun eritma ( osma).

💊Tarkibi :

Levofloksatsin

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Antibiotik

💊Qo’llanilishi

— Qorin bo’shlig’i infeksiyalarida
— Surunkali bronxitning zo’rayishida
— Kasalxonadan tashqari pnevmoniyada
— Prostata bezining yallig’lanishida
— O’tkir sinusitda
— Siydik yo’llari infeksiyasida
— Piyelonefritda
— Yumshoq to’qima va teri infeksiyalarida.

💊Qo’llash usuli va dozasi

Preparatni vena ichiga tomchilab yuboriladi. Sutkada 1 marta . ( Og’ir xollarda sutkada 2 marta ham bo’ladi).

💊Nojo’ya ta’siri

— Teri qichishi va qizarishi
— Bronxlar torayib og’ir bo’g’ilish
— Qon bosimi pasayib ketishi
— Ko»ngil aynish, qusish,diareya
— Ishtaha yo’qolishi
— Bosh ogrig’i , bosh aylanishi, uyquchanlik
— Umumiy xolsizlik

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Tutqanoqda ( epilepsiyada)
— Paylar shikastlanganda
— 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlarga
— Xomiladorlikda va emizish davrida
— O’tkir va surunkali disbakteriozda