Paratsetamol svetcha — og’riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi
💊Paratsetamol svetcha — og’riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi rektal shamcha ko’rinishidagi vosita.
💊50 mg, 100 mg , 125 mg , 250 mg li dozalarda chiqadi.
# Paratsetamol shamcha ( svetcha )
#Парацетамол шамча ( светча)
💊Dori shakli : Rektal suppozitoriy ( svetcha).
💊Tarkibi
Paratsetamol 125 mg va 250 mg dozada.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Og»riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vosita.
💊Qo’llanilishi
— Isitma ko’tarilgan vaqtda
— Og’riq da
— O’tkir respirator virusli kasalliklarda
— Bolalarda suvchechak ,qizilcha , skarlatina , qizamiq , ko’kyo’tal va tepki kabi infeksion kasalliklarda qo’llaniladi.
— Infeksion yallig’lanish kasalliklarida qo’llaniladi.
— Vaksinadan keyingi holatlarda
— Tishlar o’sayotgan vaqtidagi og’riqda
— Tish og’rig’ida
— Otitda bo’lgan quloq og’rig’ida
— Tomoq og’rig’ida qo’llaniladi.
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Sutkasiga 3 — 4 marta gacha xar 6 soatda qo’llaniladi.
Sutkasiga 4 ta shamcha ( svetchadan ) oshmaslik kerak.
Shamcha ( svetcha )shifokor maslahatisiz 3 kundan ko’p qo’llanilishi mumkin emas.
Shamcha ( svetchani ) orqa teshikka qo’yishdan oldin qo’lingizni yuving
💊Nojo’ya ta’siri
— Terida toshmalar bo’lishi
— Teri qichishishi
— To’g’ri ichak shilliq qavati ta’sirlanishi.
❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Diareyada
— To’g’ri ichakdan qon ketish xolatlarida
— To’g’ri ichakda yallig’lanish jarayoni ketayotganda
— Buyrak yoki jigar faoliyatining og’ir buzilishida
— Qon kasalliklarida
— 6 oylikdan kichik bolalarga paratsetamol svetchasining 50 mg li yoki 100 mg li dozasini qo’llash mumkin. ( 125 mg li dozasi 6 oylikdan kichik bolalarga qo’llanilmaydi).
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda preparatning 250 mg li dozasini qo’llash mumkin emas. ( 6 oylikdan 2 yoshgacha 125 mg li dozasi qo’llaniladi ).
🌟ESLATMA : 6 oylikdan kichik bolalarga sefekon svetchasining 50 mg li dozasini yoki 100 mg li dozasini yoki paratsetamol svetchasining 50 mg yoki 100 mg li dozasini qo’llasa bo’ladi. Sefekon svetchasining tarkibi ham paratsetamol hisoblanadi. Juda zo’r vosita.
Ko’pchilik paratsetamol svetcha ni dorixonadan so’raydi lekin uni dozasiga qaramaydi , yoki bolani yoshiga to’g’ri kelish kelmasligi haqida qiziqmaydi.
— 6 oylikdan 2 yoshgacha paratsetamol svetchasining — 125 mg li dozasi qo’llaniladi.
— 2 yoshdan 7 yoshgacha esa — 250 mg li dozasi qo’llaniladi.
— 3 yoshdan 12 yoshgacha Sefekon svet chasini 250 mg li dozasini qo’llash mumkin.