SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi
SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi
4-sinflar uchun tadbir ssenariysi
Sahna yoki sin fxonasi o`ziga xos uslubda bezatilgan. To`rda buyuk sarkarda Amir Temur portreti. Uning vatanparvarlik, adolat, yaxshilik borasidagi tuzuklaridan namunalar, shuningdek, Sohibqiron haqidagi allomalarimiz, muhtaram Yurtboshimizning so`zlari yozilgan plakatlar osilgan. Sharlar, gullar sahna ko`rkiga ko`rk qo`shgan.
Milliy libosda ikki boshlovchi sahnaga chiqishadi. Ular «Yuz yilda tug’ilar bir sardor» sherini aytadilar.
1-boshlovchi:
Hotam dunyo himmatlari bor,
Hikmati bor har bir tuhfasin.
Yuz yilda bir tug`illsa sardor,
Uni Parvardigor asrasin!..
2-boshlovchi:
Beshikda tinch uxlar go`dak jon,
Kulgusiga sadaqa bu jon.
Millat uchun kim bolsa qalqon,
Parvardigor o`zi asrasin.
1-boshlovchi:
Yomon ko`zdan saqlasin zinhor,
Kamolingni koYolmaslar bor.
Kimki karvon boshidagi nor,
Parvardigor o`zi asrasin.
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli o`quvchilar. Bugungi buyuk sarkarda, qudratli saltanat asoschisi, jahongir bobomiz Amir Temur tavalludiga 675 yil tolishi munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!
1-boshlovchi: Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas, balki jahon tarixining eng ulug` eng yorqin siymolaridan biridir.
Yetti iqlimga mashhur ulug’ jahongir tengi yo`q sarkarda sifatida tan olingan, uning nomi tarix sahifalariga manguga bitilgandir.
2-boshlovchi: Bugun biz donishmand alloma, Movarounnahr zaminida o’z xalqini chet el bosqinchilaridan himoya etgan, qudratli davlat tuzgan Amir Temurning
bosib o`tgan ibratli yoliga bir qur nazar solamiz.
O`quvchilar ijrosida Vatan haqida qo`shiq kuylanadi. Qo`shiq nihoyasiga yetgach, boshlovchilar navbatni tadbir ishtirokchilariga beradi.
Sahnaga milliy libosdagi o`quvchilar chiqishadi. Ular ulug’ davlat arbobi Amir Temurhayoti va faoliyati haqida o`zlaydilar.
1-o`quvchi: Jahongir bobomiz — Muhammad Tarag’ay Bahodir og`li Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo`jailir qishlog`da tug`iladi. U barlos beklaridan bo`lgan Tarag’ay Bahodirning og`li edi.
2-o`quvchi: Temur bolaligidan aqlli, ziyrak va juda epchilligi bilan tengqurlaridan ajralib turardi.
Iqtidori va ilm olishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi tufayli dunyoviy ilmlarni, shuningdek, harbiy san’atni ham puxta egallagan.
3-o`quvchi: Qur’oni Karimni yod olgan. Hadis ilmini mukammal bilgan. Qo`rqmas, jasur chavandoz sifatida ham elga tanilgan.
4-o`quvchi: 25 yoshida Shahrisabz hokimi lavozimini egallagan va katta ishlarga qo`l urgan. Faoliyati davomida o`z tadbirkorligi bilan nom qozongan.
5-o`quvchi: Buyuk sarkardaning butun hayoti jangu jadallar bilan o`tganligi tarixdan ma’lum.
U Movarounnahrda mustaqil birlashgan davlat tuzdi. Mamlakatni chet el bosqinchilaridan asradi.
6-o`quvchi: Natijada tinchlik, osoyishtalik tufayli uning davlatida marifat, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at o`sdi, rivojlandi. Shaharlar obod boldi. Betakror obidalar, madrasalar qad rostladi, bog`lаг barpo etildi.
7-o’quvchi: Ayniqsa, Temur davlati poytaxti hisoblangan Samarqand shahrida qurilgan va dunyo
ahlini lol qoldirgan me’moriy obidalar hanuzgacha shahar ko`rkiga betimsol ko`k bag`shlab turibdi.
8-o`quvchi: Shuning uchun ham Samarqand «Sayqali ro`yi zamin» — butun yer yuzining sayqali, husni, deya ta`riflangan. Havosi toza, tabiati nihoyatda go`zal, uch tarafidan tog`lar o`ab turgan, suvi то`l bu hudud temuriylar davrida, jannatmakon bir go`zal maskanga aylangan.
9-o`quvchi: Bu haqda «Boburnoma»da ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgandir.
10-o`qquvchi: Amir Temur o’z davrida mamlakatini iqtisodiy barqaror gullab yashnashi uchun ko`plab ibratli ishlarni amalga oshirgan.
U-o`quvchi: U ayniqsa, dehqon, hunarmand, kosiblar mehnatini nihoyatda qadrlagan. Tarbirkor sifatida turli sohalarni rivojlantirgan.
O`quvchilar milliy raqslarimizdan birini ijro etishadi.
Boshlovchilar botir sarkarda haqidagi tarixiy ma’lumotlardan so’zlaydilar.
1-boshlovchi:Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o`zining «Zafarnoma» asarida Sohibqironning hayoti va zafarli yurishlari haqida muhim ma’lumotlarni beradi.
Asar aslida Temurning nabirasi Shohruh Mirzoning tfgli — Sulton Ibrohim topshirig’i bilan yozilgan bo`lib, temuriylar davlati boshqaruvi, ulug* saltanat egasining bu boradagi amalga oshirgan ishlari haqida qimmatli ma4umotlar beradi.
2-boshlovchi: Tarixchining e’tiroficha, Amir Temur — davlat, mamlakat va fuqarolaming g`amxo`ri edi. Uning butun umr amal qilgan oltin qoidasi — «rosti — drusti» edi. Ya’ni, «haqiqat — sihat-salomatlik», «haqiqat — tartib», «haqiqat — adolat» demakdir, deya ta’kidlardi buyuk sarkarda.
1-boshlovchi: Dunyoga mashhur donishmand bobomiz jangu jadallarga to`a hayoti davomida barcha davlat boshqaruvidagi insonlarga o’zining adolat, insof va diyonatdan, insoniylikdan saboq beruvchi tuzuklarini qoldirdi. «Temur tuzuklari»ni bugun juda ko`plab xalqlar sevib o`qiydi.
Oquvchilar Sohibqiron tuzuklaridan namunalar keltiradilar.
— Mergan ovda bilinar, botir —yovda.
— Til — qilichdan o’tkir.
— Toy mingan ot ham minadi.
Ular «Amir Temur bobomiz» sherini jo’r bo’lishib aytishadi.
1-boshlovchi: «O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U qudratli davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi», — degan edi muhtaram Prezidentimiz.
Oquvchilar istiqlolsharofati tufayli boy tariximiz, milliy ma’naviy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz o’zligimizga qaytganligi borasida ham navbat bilan so’zlaydilar.
— Mustaqillikka erishganimizdan
so’ng Yurtboshimiz rahnamoligida
ko’pgina ezgu ishlar amalga oshirildi.
Yurtimizda ilk bor buyuk sarkarda
bobomizga haykal ornatildi.
1996 yil «Amir Temur yili», deb е`lоn qilindi.
Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida muhtasham bino
— Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad ko`tardi.
— Buyuk davlat arbobi nomi bilan ta’sis etilgan «Amir Temur» ordeni bilan eng avval u tug`ilgan shahar
— Shahrisabz va Sohibqiron davlatining poytaxti, buyuklar maskani bo’lmish Samarqand taqdirlandi.
— Temuriylar avlodining yirik vakili, O`z bilim, tafakkuri «Zichi Ko`ragoniy»dek shoh asari bilan koinotni zabt etgan, dunyoviy ilmlami mukammal egallagan Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Tarag`ay Ulug’bekning jahon ilmu fani rivojiga qo’shgan xizmatlari benihoya kattadir. U qurdirgan madrasalarda, tashkil qilgan Akademiyada o’z davrining yetuk olimlari faoliyat ko’rsatgan.
Mirzo Ulug’bekning 600 yillik tantanalari ham 1994 yilda awal Fransiyada, so`ngra Samarqandda keng tantana qilindi.
2-boshlovchi: «Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, O’zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!.. Amir Temur nafaqat Turon, Turkiston, O`zbekiston zaminining, balki insoniyatning eng ulug` daholaridan biridir», — deya ta’kidlagan edilar
Yurtboshimiz, biz — buyuklar avlodi ekanligimizga ishora qilib.
— Temur bobomiz kabi buyuklarga beshik bo`lgan shu qutlug’ zaminda ilm-fanda, tibbiyotda, ilmi-nujumda, adabiyot va san’atda butun dunyoga tanilgan ulug` ajdodlarimiz — Mirzo Ulug`bek, Al Xorazmiy, Al Buxoriy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar kamol topgan. Ular buyuk tariximizning zabardast vakillaridir. Biz ulug’ siymolarimiz bilan doimo faxrlanib yashaymiz.
O’quvchiliar tadbir boshlanishida o’qilgan sho’rni davom ettirishadi.
— Dunyoga boq xayol
yetmagan, Burchagi yo’q olov
ketmagan. Osmoni tinch, osuda
Vatan!.. Parvardigor o’zi asrasin.
—Boshin silab yoshu kattasin,
Chinordayin shoxu novdasin.
Asraguvchi Temurzodasin,
Parvardigor o’zi asrasin.
* * *
—Kengashganga dunyo keng, axir
Biring — yoqa, biring — yeng axir!
Qavmim kel, deb kim ochsa bag`r ,
Parvardigor o’zi asrasin.
Boshlovchilar yakunlovchi so’z aytadilar.
— Aziz mehmonlar, qadrli o`quvchilar, shu bilan Sohibqiron bobomiz tavalludiga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Xayr, omon bo’ling!
Oquvchilar ijrosida «Ozbekiston» qo’shig’i ‘yangraydi. Unga barcha jo’r bo’ladi.