SHIFOKORLAR HAQIDA LUG’AT

SHIFOKORLAR HAQIDA LUG’AT

Bilimsiz shifokor — nursiz chiroq,
Tajribasiz bo’lsa — o’tmas pichoq.
Beparvo shifokor — olovsiz o’choq,
Jahldor bo’lsa-chi — bir quchoq yantoq.
Erinchoq shifokor — yomg’irsiz chaqmoq,
Vazmin bo’lsa gar u — yechilmas jumboq.
Qattiqqo’li — chaqilmagan yong’oq,
Maqtanchog’i — nuragan qirg’oq,
Nafsi zo’ri — bemorga tuzoq.
O’zboshimcha bo’lsa — minilmagan toychoq,
Ta’magir shifokor — go’yoki qarmoq,
Bemehr shifokor — xastaga qiynoq.
Xushfe’l shifokor — bemorga o’rtoq,
G’amxo’r shifokor — shifobaxsh buloq.
Izlanuvchan shifokor — suvi mo’l irmoq,
Xaloskor shifokor — hammaga saboq.

kh-davron.uz