💊Folat kislotasi — anemiyaga qarshi vosita .
#Folat kislotasi
#Фолат кислотаси
💊Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : Folat kislotasi — 1 mg.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Anemiyaga qarshi vosita
💊Qo’llanilishi :
— Kamqonlikda
— Xomiladorlarda kamqonlikda
— Qon hosil bo’lishini normallashtirish uchun
— Ionlovchi radiatsiya natijasida vujudga kelgan kamqonlikda
— Kimyoterapiya natijasida vujudga kelgan kamqonlikda
— Dori vositalari ta’sirida yuzaga kelgan kamqonlikda
— Me’da yoki ichakni bir qismini olib tashlash yoki operatsiyasidan keyingi kamqonlikda
— Pellagrada
— Depressiya da
— Xavotirlik oshganda yordamchi davo sifatida
— Bachadon bo’yni displaziyasini davolashda
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kuniga 1 — 2 tabletkadan 1 — 3 marta buyuriladi.Maksimal sutkalik doza — 5 ta tabletkagacha.
Homiladorlarga mumkin . Sutkasiga 2 — 3 tabletka qabul qilishlari mumkin.
3 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish mumkin emas. 3 yosh va undan kattalarga mumkin.
💊Nojo’ya ta’siri
— Achchiq ta’mni xis qilish
— Terida toshma , qichishish
— Qon bosim ni tushishi
💊Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— B12 vitamini organizmda yetishmasligi
— Xavfli o’smalarda ( rak , saratonda )
— Xavfli anemiyalarda
— Epilepsiyasi ( tutqanoq ) kasali bor bemorlarda mumkin emas.
💊ESLATMA: Qandli diabet kasalligi bor bemorlar shifokor endokrinolog maslahati bilan qabul qilganlari ma’qul . Chunki folat kislotasi tarkibida glukoza saqlaydi.
Folat kislotasi ni ikkinchi nomi vitamin B 9 dir. Biz vitamin B1 , B2 , B 6 va B12 ni juda yaxshi bilamiz. Folat kislotamiz shu vitamin B 9 hisoblanadi.( Ikkovi bitta narsa ).