O‘y-fikrlaringiz bilan o‘z taqdiringizni yaratasiz…10+
Agar sizda ichki qo‘rquv bo‘lsa, hayot sizga faqat qo‘rquvdan iborat vaziyatlarni beradi.
Agar sizda ichki agressiya kuchli bo‘lsa, hayot sizga tashlanadi, ya’ni doimiy agressiyada umr kechirasiz.
Agar sizda kurashib yashash uchun xohish bo‘lsa, siz uchun hayot raqobatchilarni yetkazib beradi.
Agar sizda o‘zingizga nisbatan aybdorlik hissi bo‘lsa, hayot sizni faqat jazolaydi.
Agar sizda doimiy norozilik bo‘lsa, hayot siz uchun bundanda kuproq norozilik vaziyatlarini yetkazib beradi.
Demak sizning hayotingiz, kuningiz bu sizning o‘y-xayollaringiz natijasidir.
Har bir kunimiz bizning tashqi gap so‘zlarimiz asosida emas, balki bizning ichki holatimiz, ichki o‘y-xayollarimiz aksidir.
Biz o‘z hayotimiz davomida nimaga ishonsak va nimani kutsak o‘shanga erishamiz.
Hayot go‘zal ekaniga ishonsangiz — hayotingiz go‘zallashadi.
Agar, «Hayotda yashashni ma’nosi qolmadi», — desangiz, hayotingiz o‘z mazmunini yo‘qotadi.
Agar siz, «tushkunlik va hayot sinovlaridan chiqish yo‘li yo‘q», — desangiz…. u yo‘lni topolmaysiz.
Siz o‘zingizga ishonsangiz, har qanday qiyinchiliklardan chiqish yo‘lini topasiz va u yo‘lni albatta ko‘ra olasiz.
Siz yomonlikni kutsangiz u kelmay qolmaydi.
Omadga ishonsangiz — uni yaratasiz.
Bahtni kutsangiz — u siz tomon yo‘lga chiqadi.
psixolog Sarvar Qaxxorov tayyorladi
pmt.uz