Ramazon hayit namozi qaerda o`qiladi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Hayit namozini jome masjidlarda o`qilishi to`g`risida turli gap-so`zlar tarqatilmoqda. O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov xabarlarga munosabat bildirdi.
Usmonxon Alimov, muftiy:
— Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noo`rin gaplarda hech qanday asos yo`q. Shu sababli har xil gap-so`zlarga ishonmang. Masjidlarda jamoat namozlari boshlanishini O`zbekiston musulmonlari idorasi rasman e`lon qiladi. Ozgina qoldi, shunchasiga sabr qildik. Shu sabrning orqasidan Alloh ko`p engilliklarni beryapti…
Oldimizda Ramazon Hayiti kelyapti. Bu borada ham har xil mish-mishlarga ishonmasdan, Hayit namozini o`qish qanday tarzda bo`lishi haqida vakolatli idora — O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar beradi.
http://darakchi.uz/index.php/oz/93121