Ayriliq haqida sherlar
Sizni o’ylab-o’ylab bugun ham o’tdi

Tun cho’kib borliqni domiga yutdi.
Kimdur meni eslab, kimdur unutdi.
Yuragim eridi shirin tush kabi,
Sizni o’ylab-o’ylab bugun ham o’tdi.



Kuzda ochilgan gul
Taqdir yo’llarimda yurganda sarson
Yo’limdan go’zal gul uchradi noxos
Uning chiroyidan bo’lgandim hayron
Xushbo’y iforidan bo’lgandim sarmast

Esib turgan mayin shabboda
Yaproqlarin silar edi erkalab
U esa o’ynoqlab yelning bag’rida
Rashkimni keltirar edi ataylab

Shu qadar urganib qolgandim unga
Undan bir qadam ham ketmasdim yiroq
Unga boqayotgan so’qir ko’zlarim
Atrofda hazonlarni ko’rmasdi biroq

Beayov kuz fasli tarqalar har yon
Biz esa bexabar, hislarga cho’mdik
Go’yo hali oldindadek butun bir xayot
Shirin hayollaru, orzular qildik

Bir mahal boshlandi sovuq bir to’zon
Barchani haydadi ayoz qahriga
Men esa dod soldim, yalindim ammo
Uni ham yuldiyu, otdi bag’rimga

Ne sinov bo’ldi bu e voh, ey osmon?
Axir u to’ymagan edi hayotga
Quchog’imda titrab turar chalajon
«Alvido» deya tinmay takrorlar menga

Noiloj bosh egdim taqdir hukmiga
Usiz go’yo rangsiz bo’lgandek hayot
Yuragimni yulib bergandim unga
Endi yuraksiz qolib ketdim umrbod



Men bugun birgina xayotdan to’ydim
Bugun yig’lamoqda bezovta ko’nglim
Dildagi sevgimni qabrga ko’mdim.
Men to’yganim yo’q yolg’onlaringdan,
Men bugun birgina xayotdan to’ydim.

Yolg’ondan rashk qilib qiynaganlaring,
Behuda siqilib bag’rimni o’ydim.
O’ylama to’ymadim, shirin so’zlarga
Men bugun birgina xayotdan to’ydim.

Sevgi azob ekan olovli bir yo’l,
O’sha olovida bezovta kuydim.
Azizim to’ymadim arazlaringdan,
Men bugun birgina xayotdan to’ydim.

Kuygan yuraklarmi sevgi isboti,
Sevmoq azob ekan, men nega sevdim,
Yo’q jonim toymadim qiynoqlaringdan,
Men bugun birgina xayotdan to’ydim…♥♥



Boylik ustun chiqdi bizning sevgidan
Töying ötdi… yutib chiqdi bugun sevgini boylik
Sevgim qabri ustida gullar ösdi chiroylik
Ha juda gözal gullar lek armondan yaralgan
Undan hushböy ifor emas azob isi taralgan
Shaytonlar bazm qlyapti sevgini qonin sörib
Farishta toshday qotgan sevgi ahvolin körib
Axir boylik ustun chiqdi bizning kuchli sevgidan
Axir ota onang uchun baht yaralar boylikdan

Asray olmadik afsus sevgimiz qadrin bilmay
Unutamiz deb öyladik biz ertani öylamay
Mana ota onang hursand körib bahtsiz qizini
«Boylik- bu baht degani» ishontirgin özingni
Yurak kuyar, qalb yig’lar, azob qiynar damba dam
Tubsiz jarlik tomonga sekin bosardik qadam
Axir boylik ustun chiqdi bizning kuchli sevgidan
Axir ota onang uchun baht yaralar boylikdan

Birdan zulmatda qoldik urganolmas közimiz
Azobdan qutulolmay har yon otdik özimiz
Nafs kulib boqar edi holatimizni körib
Muhabbatchi?… yosh tökardi ojizligini bilib
Noiloj qöydik qadam azob qiynardi yomon
Sen ketarding özgaga, men esa ajal tomon
Axir boylik ustun chiqdi bizning kuchli sevgidan
Axir ota onang uchun baht yaralar boylikdan …



Qanday ekan menzislik jonim
Yulduzlari ichikib qoldi
Maxzun endi oysiz osmonim
Sensizlikka ko’nikmay bildim
Qanday ekan mensizlik , jonim

Ana , ko’zim ko’zingdan o’tdi
Qo’y , yashirma titroqlaringni
Xato qilding , o’zingdan o’tdi
Tishlayapsan barmoqlaringni

Endi nurga begona yuzing
Quyoshingni ranglari qani ?
Sig’mayapsan o’zinga o’zing
Xayotingni tonglari qani ?

Kech tushunding dimog’ing sindi
Yongan g’amga o’tin ekansan
Yuragingni yarmi yo’q endi
Mening bilan butun ekansan

Kechalaring o’zingdan g’arib
Armonlaring o’zingdan katta
Yuraginga termulib turib
Yig’layapsan biri necha marta

Uxlab qolgan tunlarning haqqi
Mening o’rnim boshqa — BO’LAKMAN
Yig’lab tolgan tunlarning haqqi
Men , bari bir , SENGA KERAKMAN !



Sen bahtli bo’lishing kerak …
Bugun kelin bölding oppoq libosda
Dardlaring ichingda, bosasan qadam
Senga tikilaman qarab uzoqdan
Közimdan nimadir yumalar har dam
Körib qolmasin deb bölaman sergak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Armonla boqaman yana sen tomon
Yurakda nimadir ketar uzulib
Bugun qalbimdagi sevgi binosi
Butkul ketayotgan edi buzulib
Mayli bu bino yöqolib ketsin bedarak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Sözlaring eslayman sog’inish bilan
Göyoki turibmiz ikkimiz birga
Senga körsataman ana kelin deb
Qanday mos ekan deb bir-birlariga
Sen yöqsan yonimda lek, könar yurak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Hayolim parishon, bema’ni öylar
Atrofga qarayman jovdirab tez-tez
Yuraksiz qolgan oshiq deb barcha
Kulganday böladi qöllari bigiz
Özimni bosaman topib bir ermak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Men tomon boqasan, bekitaman men
Yosh töla közlarim yerga qaratib
Azoblar kemirsa ham dardli yuragim
Senga qarab kulaman, köz yoshim artib
Kulish uchun senga men bölay örnak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Yolg’izim közlaring ne uchun mayus
Iltimos achinma meni xolimga
Nahot unutmading sen meni hanuz
Nahot sevish tegmadi seni joningga
Yöq, sevma xech kimni, yoringdan bölak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Balki biroz muddat qop qora tunlar
Bölib qolar sening yolg’iz sirdoshing
Sevgimiz xaqqi men ishonaman
Albatta yetadi seni bardoshing
Ollohdan sen uchun sörayman kömak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Töy ötib qaytaman sekin ortimga
Sezmayman atrofni, közlarim hira
Axir ösha oq libosda mayus turganing
Mening köz oldimdan ketmaydi sira
Faqat bög’zimga tiqilib qolgan bir tilak
Sevgilim sen bahtli bölishing kerak

Dunyo bir kam ekan biz esa ojiz
Sevdim sevildimu lek, qoldim yolg’iz
Bugundan hayotim azob toabat
Bahting körish uchun qilaman toqat
Endi menda bir xoxish, faqat bir istak
Men seni eng bahtli körishim kerak

Sevaman deb söngi lahzada
Butkul arostda ketding qoldirib
Sevging bilan urib turgan yurakni
Yana sevging bilan ketding öldirib
Sen uchun jon berdi bir ojiz yurak
U uchun sen bahtli bölishing kerak

Esimda uyinga borgandim sen deb
Otang oq qilaman deb qilgandi tahdid
Degandi, gar qizim sen bilan bölsa
U bizni mexrimizdan qilmasin umid
Otadan voz kechish Ollohgaku shak
Lekin sen eng bahtli bölishing kerak

Mayli sen endi nafratlan mendan
Axir men voz kechdim sendan, sevgidan
Men uchun kurashmadi, nomard deb ata
Mayli qadring uchun yig’la bir marta
Keyin barin unut, axir sen malak
Albatta eng bahtli bölishing kerak

Axmoq eringga ham aytgandim barin
Ösha senga sovchi qöyib yurgan damlarda
Lek u ham göyo qög’irchoq misol
Degandi ixtiyorim ota onamda
Xa, afsus endi seni bitta xezalak
Dunyoda eng bahtli qilishi kerak

Men zulmat qarida ketyapman yurib
Kimdur meni jinni der, kimdur devona
Yöq jinni emasman shunchaki ba’zan
Isming aytib xörsinaman axyon axyonda
Lekin men haliyam hayotman, demak
Yolg’izim sen bahtli bölishing kerak

Uchrashuv joyimiz, qalbimda alam
Daraxtlarga öyib yozgandim isming
Mana bugun ularni men ayamasdan
Chopib yöq qilmoqdaman birin ketin
Meni senga eslatmasin na daraxt na barg
Sen mensiz eng bahtli bölishing kerak

Köplar havas qilgan gözal sevgimiz
Tarixga aylanib qoldi bir zumda
Endigina ötdi bir kunim usiz
Lek tarix jonlanar xar bir sözimda
Esdan chiqmas ötmish lekin, ey falak
Unutib u bahtli yashashi kerak

Bir umr unutmay sevaman seni
Lekin sen sog’inma, eslama meni
Sen uchun men azob chekay hamma vaqt
Sen men uchun bahtli yashamog’ing shart
Azob-u xorliklarga men bölay xörak
Sen esa eng bahtli bölishing kerak

Sevgimsiz men uchun kerakmas hayot
Asta sekin tugab bormoqda umr
Endi suratlaringni orasidan
Özim uchun qazigim keladi qabr
Sensiz ölaman men lek, jonim halak
Sen meni unutib… yashashing kerak…

Seni ölgunimcha sevaman…