Tuklardan xalos bo’lish
Har bir ayol silliq va mayin terisi bo’lishini xohlaydi. Keraksiz tuklarning paydo bo’lishi tanadagi ortiqcha tuklardan xalos bo’lish usullarini qo’llashga majbur qiladi. Ularning ba’zilari uy sharoitida tanadagi tuklarni yo’qotish imkonini beradi, boshqalari esa mutaxassisga murojaat qilishni talab qiladi.


Tanada tuklar ko’payishi sabablari

Tanadagi tuklar haddan tashqari ko’payib ketishi, jinsga yoki yoshga mos kelmasligi, tuk chiqishiga xos bo’lmagan joylarda chiqishi bilan ifodalanadigan kasallikgipertrixozdeb ataladi. Ko’pincha bu kasallikdan ayollar aziyat chekadi.
Muayyan vaqtga kelib oyoqlardagi, qo’llardagi, ko’krakdagi, yuzdagi, lablar yuqorisidagi tuklardan xalos bo’lish zarurati tug’iladi. Bir qator hollarda ko’p tuk o’sishi bosh miya qon tomir kasalliklari, bosh lat yeyishi, endokrinyoki asab tizimi kasalliklarinatijasi bo’lishi mumkin. Gipertrixoz kasalligi tug’ma va ruhiy omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Gipertrixozdan aziyat chekayotgan bemorga terini mexanik yoki kimyoviy vositalar bilan ta’sirlantirish, parafinli niqoblar bilan davolash tavsiya etilmaydi, massaj usullari qarshi ko’rsatiladi.
Ba’zan iyakda, qorin va bel yuqorisida, to’sh sohasida nozik va sezilmas tuk o’rniga qalin va uzun tuklar o’sib chiqadi. Bunday «erkakcha» sochlarning o’sishi «girsutizm» deyiladi.
Ushbu turdagi tuklarni yo’qotish zarurati tuxumdonlar (kista, o’sma) kasalligi, epilatsizlanishi uchun tuxumdon kasalligi (kist, shish), buyrak usti bezining funktsiyasi buzilganligi sabab yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.
Ba’zi hollarda tuklar hasharot chaqqan, kuygan venoz yetishmovchiligi bo’lgan sohalarda qalin o’sishi kuzatiladi. Yosh qizlarda tuklar o’sishi kuchayganda endokrinolog bilan maslahatlashish, ichki organlarni tekshiruvidan o’tishga to’g’ri keladi.

Tanadagi tuklar ko’p bo’lganda ehtiyot choralari

Toblanish tavsiya etilmaydi, jumladan kvarts lampasi ostida ham;
UYCH terapiya qo’llaniladian muolajalarni bekor qilish kerak.
Tuklar ko’p bo’lgan joylarga oziqlantiruvchi krem, shuningdek qon oqimini kuchaytirishi mumkin bo’lgan vositalar surtmaslik kerak.
Ba’zi oqartiruvchi kremlari tuklar o’sishini kuchaytiradi, shuning uchun ularni ham cheklash zarur.
Gormonal preparatlarni faqat shifokor bilan maslahatlashganidan keyin qo’llash mumkin.
Parafin yoki bodyaga bilan niqob qilmang.
Uyda vodorod peroksidi bilan tuklardan qutilish usuli
Ba’zilar keraksiz tuklardan xalos bo’lish uchun ularni yulish yoki terishga kirishishadi. Bunday qilish kerak emas — hech bo’lmaganda bu yo’l ularning o’sishini kuchaytirishi mumkinligi uchun.
Yuz va qo’ldagi tuklarni yo’qotishning sodda va shu bilan birga samarali usullaridan biri vodorod peroksid bilan muammoli hududlarni tez-tez artib turishdir. Uy sharoitida qilinadigan bu muolaja og’riqsizdir, tez orada tuklar ingichkalashib, unchalik sezilmaydigan, sinuvchan bo’lib qoladi.
Ushbu usulni ishlatishdan oldin siz vodorod peroksid eritmasi (3-10%) kontsentratsiyasi bilan tajriba o’tkazib, ta’sir qilishning optimal davomiyligini tanlashingizga to’g’ri keladi, teri ta’sirlanmasligiga ishonch hosil qiling.

Boshqa usullar:
Qo’llar va oyoqlardagi tuklarni yo’qotish uchun 50 ml 3% li vodorod peroksidiga yarim choy qoshiq nashatir spirti qo’shing. Aralashmani soqol olish uchun ko’pik bilan aralashtiring, keraksiz tuklar bo’lgan joylarga qo’llab, qurishini kuting. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Bir nechta muolajadan so’ng, tuklar ingichkalashadi, rangini yo’qotadi, deyarli ko’rinmas holga keladi.
Soch to’kilishi ta’siriga erishish uchun 10 qism suvga bir qism 3%li vodorod peroksidi, 2-3 tomchi ammiak, ozgina un qo’shing. Hosil bo’lgan bo’tqani tuklar rangini yo’qotmaguncha har kuni bir soat vaqtga qo’llang.

Tanadagi tuklarni mexanik ravishda yo’qotish yo’li

Ba’zilar badandagi tuklarni yo’q qilish uchun terini pemza toshlari bilan ishqalaydi. Ushbu usul nafaqat teriga zarar yetkazadi, balki qalin tuklarning o’sishini ham rag’batlantiradi.
Shugaring deb atalmish usul — shakarli sirop yordamida keraksiz tuklarni yo’q qilish yaxshi samara beradi.
Buning uchun 10 bo’lak shakar biroz suvda eritilib, chorak limondan olingan sharbat qo’shiladi. Aralashma jigarrang bo’lguncha va barmoqlarga yopishishi to’xtagunicha past olovda qaynatiadi.
Tuklardan uy sharoitida halos bo’lish uchun tayyorlangan vositani muammoli sohaga surtib, qotishini kutish kerak. Keyin u keraksiz tuklar bilan birga olib tashlanadi. Pemzadan farqli o’laroq, bu usul tuk o’sishini kuchaytirmaydi.

Yuzdagi tuklarni yo’qotish uchun retsept:
Suv hammomida 30g mumni eritib, 30 gramm ladan smolasini qo’shing.
Vositani issiq holatda yuzga surtib, sovushini kuting, keyin keraksiz tuklar bilan birga yulib tashlang. Tuklar qayta o’sib chiqganida 20 martagacha muolajani takrorlang.

Tuklarni yo’qotishning kimyoviy usullari

Oyoqlardagi va qo’llaridagi tuklardan xalos bo’lish uchun depilyatorlar — maxsus malham yoki kremlardan foydalaniladi. Vosita teriga ingichka qatlam qilib surtiladi. Reatksiya boshlanishi (qichishish, achish) bilan, vosita tuklar bilan birga o’tmas jism bilan qirilib, so’ng issiq suv bilan yuvib tashlanadi. Bu usul soch tolasini terining yuzasidan yo’q qilish imkonini beradi, shuning uchun muolaja britva bilan qirishni eslatadi.
Vositaning tarkibiy qismlarga allergik reaktsiyalar yo’qligini bilish uchun foydalanishdan oldin uni tirsakning egiluvchi qismiga surtib ko’rish kerak. Agar teri qizarsa, qichishish paydo bo’lsa, tuklardan qutulish uchun ushbu vositani qo’llash tavsiya etilmaydi.

Tukchalarni rangsizlantiruvchi malhamni uyda tayyorlash qiyin emas:
20 g vazelin, 10 g suvsiz lanolin, 0,5 g antifibrin, 6 mg pergidrol (vodorod peroksidining 30%li suvli eritmasi) aralashtiriladi. Ushbu vositadan uzoq muddatli foydalanish natijasida tuklar sinuvchan bo’lib, to’kilib ketadi.

Badandagi tuklardan xalos bo’lish uchun maxsus suyuqlik tayyorlanadi:
5 qismdan skipidar, spirt, kanakunjut moyi aralashtirilib, 30 qism 5%li yod eritmasi qo’shiladi. Ushbu vosita tuklar mavjud bo’lgan muammoli sohalarga kuniga 2-3 marta surtiladi. Bir muddat o’tgach, tuklar to’kila boshlaydi. Yod izlarini nashatirli spirtning kuchsiz eritmasi bilan ketkazsa bo’ladi.

Epilyatsiya uchun suyuqlik qanday tayyorlanadi:
Uch qismdan bor va kamforali spirt aralashtirilib, bir qism distillangan suv qo’shiladi.

Tanadagi tuklardan xalos bo’lishning xalqona yo’li:
150 gr bangidevona o’simligiga bir litr qaynoq suv solib, past olovda qaynatiladi, so’ng suzib olinadi. Vosita paxta yoki doka yordamida muammoli sohaga surtiladi.

Yashil yong’oqning sharbati tanadagi tuklardan qutilishga yordam beradi. Shunchaki 1-2 hafta mobaynida ushbu xalq tabobati vositasini muammoli joylarga kunora surtib turing.

Elektr toki yordamida tuklardan qanday qutulish mumkin?

Kosmetik klinikalarda yuz yoki tanadagi tuklarni yo’qotish uchun u yoki bu turdagi elektroepilyatsiya turi ishlatiladi. Elektr toki follikullarga buzuvchi ta’sir ko’rsatadi, bu esa sochlarning sekin o’sishi, mo’rt va ko’rinmas bo’lishini ta’minlaydi.
Ko’p jihatdan, natijalar operatorning tajribasiga va mahoratiga bog’liq. Kurslar muntazam ravishda takrorlanishi kerak, chunki deyarli 50% holatlarda tuklar yana o’sishni boshlaydi.