Insonning o’sishiga eng faol ta’sir qiluvchi uchta omil mavjud.
Irsiyat. Uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
Kasalliklar. Bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Hayot tarzi. Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.
Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir.
Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?
Ko’pincha odamlar qad-qomatni rost tutishni unutishadi. Yelkani tik ushlashni nazorat qilish, uzun ko’rinishni istaydigan shaxsga kerak bo’lgan birinchi narsadir. Egilgan yelka va bosh bo’yni bir necha santimetrga past qilib ko’rsatadi. Boshingizni, yelkangizni va qomatingizni qanday tutishingizni eslab, boshingizda kitob bilan xonada yurish juda foydali. Keng yelkalar va tekis qomat nafaqat sizni uzunroq ko’rsatadi, balki mushaklardan keraksiz zo’riqishni ham bartaraf qiladi, ularni charchashini oldini oladi. Bundan tashqari, qomatni tik holatda ushlash ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Bu omilar o’z navbatida ko’p narsaga ta’sir ko’rsatadi va tabiiy bo’y o’sishiga ham yordam beradi. Yana bir qator usullar sizni uzunroq qilib ko’rsatishga qodir:
Soch turmagi. Bir necha qo’shimcha santimetr «uzayishni» hohlasangiz, sochni balandroq qilb turmaklashingiz mumkin. Erkaklar ham sochini ko’tarishi va soch uchun lak bilan hajm berishlari mumkin.
Kiyim. Har qanday stilistdan kiyimlar yordamida bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishni iloji bormi deb so’rasangiz, bu turli uslublar qanchalik ko’p ekanligidan hayratda qolasiz. Vertikal chiziqlar, tasvirlar, gavda uzunligi bo’ylab bir qator terilgan tugmalar, erkin tushib turgan sharflar, uzun taqinchoqlar, V shaklidagi kesmalar va boshqalar bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Gorizontal chiziqlari mavjud yoki kontrast ranglarga ega kiyimlarni kiymaslik tavsiya etiladi. Kalta shimlar va beli pasaytirilgan kiyimlardan ham voz kechgan ma’qul.
Poyafzal. Bo’yni vizual tarzda uzunroq qilish uchun siz maxsus poyafzal pataklaridan foydalanishingiz mumkin. Siz ularni sotib olishingiz yoki o’zingiz tayyorlashingiz mumkin. Ushbu ichki patak sizni 2-4 sm va undan uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, sotuvda maxsus poyafzal mavjud bo’lib, unga bo’yni uzun qilib ko’rsatish uchun maxsus pataklar o’rnatilgan. Bularning hammasi ba’zan juda foydali bo’ladi va kishini o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Ayollarga kelsak, ular qanday qilib uzunroq ko’rinish mumkinligini yaxshi bilishadi. Oyog’iga baland poshnali poyafzal kiyish kifoya. Poshna qanchalik baland bo’lsa, shuncha uzunroq ko’rinishadi. Lekin juda baland poshnali oyoq kiyimlari oyoq va umurtqa pog’onasiga yuk tushirishini unutmaslik kerak.
Tashqi ko’rinishga yetarlicha e’tibor berib, doimo yelkani tik tutsangiz va kiyimlarni e’tibor bilan tanlasangiz, qad-qomatingiz siz istagan chiroyda bo’ladi.
Bo’y o’stirish uchun mashqlar
Bo’yni o’stirish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan va ko’plab odamlar tomonidan sinovdan o’tkazilib, odamning tabiiy ravishda o’sishiga yordam berishi mumkin. Eng yaxshi ma’lum bo’lgan bo’y o’stirish texnikasi quyida keltirilgan:
Turnikda tortinish. Turnikda osilib turish va tortinish bo’y os’tirish uchun foydali ekanligini barcha bilsa kerak. Iloji bo’lsa har kuni tongda turib, 3-5 minut shunchaki turnikda osilib turing. Umuman olganda, turnikda qilinadigan barcha mashqlar bo’y o’sishiga yordam beradi.
Inversion mashqlari. Ushbu texnikaning ma’nosi shundaki, mashq tananing teskari holatida sodir bo’ladi (bosh pastda, oyoqlar yuqorida). Doimiy mashqlar ajoyib natijalarga erishishga yordam beradi. Bu mashqlar, bo’y o’stirishidan tashqari, umurtqa pog’onasi uchun juda foydali. Ular umurtqalararo churra, lumbosakral radikulit, bukrilik kabi turli xil muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
Velosiped mashg’ulotlari. Velosiped hayadash oyoqlarini uzaytirishning eng samarali usullaridan biridir. Velosiped o’rindig’ini shunday ko’tarish kerakki, pedalga oyoqning uchi zo’rg’a yetsin. Mashg’ulotlar uchun sizning odatiy velosipedingiz ham to’g’ri keladi.
Suzish. Bo’yni o’stirish uchun suzishning eng yaxshi uslubi — brass usulidir. Agar siz muntazam ushbu uslubda suzayotgan bo’lsangiz, tanangiz doimiy cho’zilishlar va bo’shashishlar ta’sirida bo’ladi. 2 sm yoki undan ko’p o’sish uchun kuniga bir soatdan haftasiga kamida 3 marta mashq qilish kerak.
Bo’y o’tirish uchun muntazam jismoniy mashqlar bilan bir qatorda, to’g’ri ovqatlanish, to’g’ri yondashuv va uyqu ham juda muhimdir.
Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish
Kerakli «qurilish materiali» va energiya bo’lmasa, tana o’sish uchun resurslardan mahrum bo’ladi. Shuning uchun, siz qanday qilib bo’yingizni uzunroq qilish haiqda o’ylayotgan bo’lsangiz, ovqat ratsioningizga ko’proq e’tibor bering.
Organizmdagi o’sish gormoni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun yuqoriglitsemik indekslimahsulotlar miqdorini kamaytirish kerak. Ratsiondan shirinliklar, un mahsulotlari, juda shirin mevalarni cheklash yoki chiqarib tashlash kerak. Dietologlar kechki taomga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Kechqurungi taomnomada ko’proq oqsil va kamroq uglevod saqlagan mahsulotlar, masalan, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari, pishloq, ko’katlar, yong’oq, urug’lar, dukkaklilar bo’lishi kerak. Oziq-ovqat qo’shimchalarini iste’mol qilish ham zarar qilmaydi. Ularda rux mikroelementi bo’lishi kerak. Ushbu mikroelement o’sish gormoni ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi.
Uzun bo’y sohibi bo’lishni hohlasangiz, shuningdek ovqat ratsionidagi kaltsiy miqdorini nazorat qiling. Ularning o’sish davrida yetishmasligi bo’yning past bo’lib qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’proq sut, pishloq, yogurt, tvorog iste’mol qiling, ular kasltsiyga boy hisoblanadi. Rux mikroelementi esa qovoq, qo’zichoq go’shti, yer yong’oq kabi mahsulotlarda ko’p.
Bo’y o’stirishning radikal usullari
Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.
Ilizarov usuli. Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.
Bliskunov usuli. Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.
Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob
Xulosa o’rnida uzunroq bo’lishni istaganlar tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga e’tibor qarataylik.
1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?
Ehtimol, agar o’sish sohasini qandaydir tarzda uyg’otishga muvaffaq bo’lsa. Suyaklar doimo mexanik ta’sir natijasida tashqi sharoitlarga moslashishi uchun o’sishi mumkinligi ma’lum. Barmoqlari bilan doimo ishlaydigan ba’zi bir professional massajistlar, vaqt o’tishi bilan qo’llaridagi suyaklarini uzayganini sezishadi. Basketbol va voleybol o’yinchilarida yetakchi qo’l ko’pincha boshqasidan ko’ra uzunroq bo’ladi. Ko’proq oyoqari bilan ishlaydigan jangchilarda, hatto kattalarda ham oyoqlari uzayishi kuzatiladi. Har qanday pianinochi yoki gitarist barmoqlariga e’tibor bersangiz ham bunga amin bo’lasiz. Mantiqan, inson organizmi shunday tuzilganki, agar hayotiy zarur bo’lsa, suyaklar har qanday yoshda cho’zilishi va qalinlashishi mumkin.
2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?
Mashg’ulotlarga oqilona yondashuv bo’lganda ijobiy ta’sir qiladi.
3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?
Inson tanasi o’ziga xos bo’lgan nisbatlarni saqlab qolish xususiyatiga ega.
4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?
Odatda, 5 sm dan oshiq o’sganigizda, bu uzunlik siz bilan qoladi. Agar siz 1-2 sm o’sgan bo’lsangiz, unda bu yutuq vaqtinchalik bo’lishi mumkin va mashg’ulotlar davom ettirilishi kerak.
5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?
Uzoq muddatli uyqu tananing tabiiy o’sishi uchun juda muhim shartdir. Somatotropin gormonining asosiy miqdori uyqu paytida ishlab chiqariladi. Agar inson doimiy uyquga to’ymasa, unda bo’yni o’stirish uchun muntazam jismoniy mashqlar ham yordam bermaydi.
Agar sizning bo’yingiz past bo’lsa, bu siz butun hayotingiz davomida past bo’y bilan yashashingizni anglatmaydi. Yuqorida tavsiya etilgan hayot tarzi, uslubi va ovqatlanish bo’yicha ko’rsatmalarni e’tiborga olib, o’zingizga mos usullardan foydalanishingiz mumkin. Sabr-toqat qilish kerak, agar siz choralarni qo’llayotgan bo’lsangiz, natijalar uzoqqa cho’zilmaydi.