O‘qishga bo‘lgan qiziqishga nima ta’sir qiladi? 12+
Qon motivatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi uch omilni ajratadi:
1.Kichik yoshdagi bolalar o‘qishga tayyor va ular buning uchun hech narsa talab qilishmaydi. Ularda ichki motivatsiya kuchli rivojlangan bo‘ladi: ular o‘zlariga qiziq bo‘lgani uchun ham o‘qib o‘rganishadi.
2.Ichki motivatsiyani saqlab qola olgan bolalar samarali o‘qishadi. Qolganlarni esa uddalay olmaydi deb hisoblashadi, biroq bunday emas. Ba’zi maktab o‘quvchilari faqat past baho olishsa-da, boshqa sohalarda o‘zlarini ijobiy namoyon etishadi. Masalan, sevimli xonandasining o‘nlab qo‘shiqlarini yoddan bilishadi (matematikada esa ko‘paytirish jadvalini eslay olishmaydi). Yoki fantastikani berilib o‘qishadi (klassikaga esa qo‘l tekkizishmaydi). Ularga shu qiziq. Ichki motivatsiyaning mohiyati ham shundadir.
3.Imtiyozlar ichki motivatsiyani yo‘qqa chiqaradi. Psixologlar Kerol Eyms va Kerol Duek ota-onalar hamda o‘qituvchilar qandaydir imtiyozga urg‘u berishganda bolalarning qiziqishi darhol so‘nishini aniqlashdi. Nimadan boshlash kerak?
O‘qishga motivatsiyani qaytarish — uzoq jarayon va buning muvaffaqiyati asosan ota-onaga bog‘liq. Kattalar eng avvalo uch narsa haqida bosh qotirishlari kerak: mazmun, hamkorlik va tanlov erkinligi.
1.Mazmun. Bola talabimizni bajarmaganida biz uning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarini qidiramiz. Yaxshisi, talabingiz qanchalik to‘g‘ri ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Farzandingiz fizikadan faqat «4» va «5» olmasa, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bolalar «shovqin qilmaslik» borasidagi talabimizni «quloqsiz» ekanliklari uchun emas, o‘z yoshlarining psixologik xususiyatlari sababli rad etishadi.
2.Hamkorlik. Afsuski, bola bilan muloqot qilish kontekstida bu so‘z ko‘p ota-onalar uchun notanish. Biroq farzandlaringiz qancha katta bo‘lganlari sari, ularni shuncha ko‘p hamkorlikka jalb qilishingiz kerak. Muhokama qilish, tushuntirish berish, birga rejalar tuzish kerak. Bola bilan katta odamdek suhbatlashishga harakat qilib ko‘ring. 15 yoshli bolaning kosmonavt bo‘lish orzusiga bee’tibor bo‘lish kerak emas. Nima uchun buning ilojsiz ekanini xotirjam o‘tirib tushuntiring. Ehtimol, o‘g‘lingiz sizning so‘zlaringiz orasidan o‘sish uchun ichki motivatsiya topa olar.
3.Tanlov erkinligi. Bola o‘zini jarayonning bir bo‘lagidek his qilishi kerak, shunda u muammo yechimini topishga mas’uliyat bilan yondashadi. Farzandingiz o‘zini yomon tuta boshlasa, undan buning sabablarini so‘rang. Siz «shundoq ham gap nimadaligini bilaman» deyishingiz mumkin, shunday bo‘lsa-da, urinib ko‘ring. Ehtimol, uning javobi sizni ajablantirar.
psixolog Gulbahor Yusupova tayyorladi
pmt.uz