Smartfonni qanday tanlash kerak?
Smartfonni qanday tanlash kerak?
Operatsion tizimdan tortib akkumulyator sig‘imigacha – telefon xarididan avval e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar.
Operatsion tizim
Smartfon tanlash haqidagi suhbatlarda ko‘pincha operatsion tizimlar haqidagi tortishuvlarga duch kelamiz. Android va iOS tarafdorlari ko‘p yillardan buyon bir-birlariga qaysi OT yaxshiroqligini isbotlashga behuda urinib kelishadi.
Smartfonni Kompyuterga ulash, translyatsiya qilish, Mobizen ulash
Android’ning asosiy afzalligi shundaki, uning boshqaruvida har qanday budjet va talabga mos keluvchi yuzlab modeldagi uskunalar ishlaydi. Agar mablag‘ cheklangan bo‘lsa, oddiyroq tasnifdagi nisbatan arzon smartfonni sotib olish mumkin.
Agar puldan muammo bo‘lmasa, do‘konlardan yetakchi ichki tuzilmaga ega ko‘plab ajoyib flagmanlarni topish imkoniyati bor. Texnik qobiliyatlar, sifat va narx orasidagi tenglikni istagan foydalanuvchilar uchun esa o‘rta sinf qurilmalari mavjud.
iPhone’lar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular orasida na budjet turidagi va na o‘rtacha narxdagi uskunalarni uchratamiz. iOS’da ishlovchi barcha smartfonlarni qo‘rqmasdan premial segmentga kiritish mumkin. Yetarli mablag‘i bor insonlar uchun ushbu jihat xarid jarayonini faqat osonlashtirishga xizmat qilsa, boshqalar uchun jiddiy to‘siq bo‘la oladi.
fazo.tv/hitech/smartfonni-qanday-tanlash-kerak/
Smartfonni tezlashtirishning 4 usuli
Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?