“O`layotgan” Android smartfonni qanday qutqarish mumkin?!
N`yu-yorkdagi startap Android ostidagi mobil moslamalarning tez batareya tugash muammosini qanday hal qilishni bilishadilar. Ularning aytishlaricha, shunday moslamalarning egalariga “The Juicer” moslamasi yordam berishi mumkin.
The Juicer o`zi katta bo`lmagan ikki tarafli kabel`dir, u bitta mobil moslamani boshqasidan zaryad olishga yordam beradi. Devays yaratuvchilarining aytishicha, u hozirgi bozorda mavjud bo`lganlardan ancha ihchamdir. The Juicer ni osonlik bilan kalitga qo`shib qo`yish mumkin va keyin kerak bo`lgan vaqtda foydalanish mumkin.
The Juicer Android moslamalari bilan ishlaydi va faqatgina foydalanuvchiga tezkor qo`ng`iroq qilish yoki xabar jo`natish vaziyatlarda kerak bo`lgan 5-10% zaryadni olishi mumkin.