Smarfonni 30 soniyada zaryad qilish
Isroillik ishlab chiqaruvchilar akkumulyatorlarni bir necha daqiqada zaryad qiluvchi texnologiyani o`ylab topishdi. Elektromobillar butunlay zaryadni bir necha daqiqa ichida olishlari, smartfonlar esa bir necha soniya ichida olishlari mumkin.

StoreDot batareyasi nanotexnologiya asosida qo`rilgan. Uning ishlash printsipi nanodots (bioorganik molekullar) bilan foydalanishda asoslangan. Ular quvvatni olish va uni saqlash vaqtini tezlashtiradi. Boshqa so`zlar bilan aytadigan bo`lsak, moslama zaryad oladigan katta gubkaga o`xshaydi. Yarim daqiqada zaryad qilinadigan yupqa batareya 2016-yilda tayyor bo`lishi kutilmoqda.
Zaryad moslamaning narhi o`rtacha 100-150 dollar atrofida bo`lishi kutilmoqda. Moslama smartfonni yarim daqiqada zaryad qilmoqda, biroq ushbu vaqt bir necha soniyagacha qisqartirilishi mumkin. Batareyani 1 500 marta ishlatish mumkin va bu smartfon uchun uch yil zaryad qilinishi mumkin deganidir.
Biroq ekspertlarning aytishlaricha, ishlab chiqaruvchilar yana ko`pgina narsalarni ko`rib chiqishlari kerak bo`ladi. Masalan, ular qancha marotaba zaryad qilish va batareya hajmini ham ko`rib chiqishlari kerak. Biroq ushbu muammolarning echimini topganda, StoreDot ushbu bo`limda katta o`zgarishga ega bo`lishi mumkin.