Ona sevgisi haqidagi ta’sirli masal…
Otasi vafotidan so’ng, o’g’il o’z onasini qariyalar uyiga jo’natishga qaror qildi. U kamdan-kam hollarda uni ko’rishga borar edi va bir kuni unga qo’ng’iroq qilib chaqirishdi:
– Onangiz juda yomon ahvolda. Tez orada uning oldiga keling.
O’g’li xonaga kirganida, onasi yotoqda yotardi. U shunday dedi:
– Ona, men siz uchun nima qila olaman?
Keksa ayol shunday deb javob berdi:
– Konditsioner o’rnatib qo’y, chunki yozda bu yer juda issiq. Xonaga muzlatgich qo’y, chunki men ko’p marta och uxladim, chunki ovqatni saqlashga joy yo’q.
O’g’li ajablanib, so’radi:
– Ona, lekin siz hech qachon bunday shikoyat qilmagan edingiz. Nima uchun umringizning oxirida bularning barini menga aytib berishga qaror qildingiz?
– Hammasi yaxshi, o’g’lim. Men issiqlik, ochlik va og’riqni yengdim, lekin sening bolalaring seni bu yerga jo’natganda, sen uchun juda qiyin bo’lishidan qo’rqaman ….