Qizlarga: O’z yigitingizdan so’rash kerak bo’lgan savollar (3 qism)
- Ota-onangiz tarbiyasidagi eng yaxshi narsa nima edi? Oila haqida savollar juda ta’sirlidir, lekin shu orqali uning bolaligi haqida bilib olishingiz mumkin. Esda tuting, uning barcha gaplarini diqqat bilan tinglang va o’zingizcha tahmin qilmang. Hamda uning oilasi haqida salbiy narsa aytishdan o’zingizni tiying!
- Qarigan nimalar qilmoqchisiz? Bu juda qiziqarli savol bo’lib, siz yigitingizdan kulgili yoki o’ta jiddiy javob eshitasiz. Nima bo’lganda ham, shu so’rash kerak bo’lgan juda yaxshi savoldir.
- Insonning eng katta zaifligi nimada? Bu savolga berilgan javoblar orqali yigitingiz atrofdagi dunyoga qanday nazar solishi haqida bilib olasiz.
- Siz nima yoqtirishga harakat qildingiz, lekin baribir o’xshamadi? Shu orqali u kim uchun nimalar qilganini yoki qilishi mumkin ekanligini bilib olish mumkin. Shuningdek, boshqalar uchun nimalarga tayyor ekanligini ham bilib olish mumkin.
- Qanday narsa sizni boshqa insonlardan ajratib turadi? Shu orqali siz uning inom va qobiliyatlarini bilib olishingiz mumkin. Ya’ni nimada yaxshi va nimada unchalik yaxshi emasligini ko’rishingiz mumkin. Va albatta, bu savol uni ancha o’ylantirib ham qo’yishi mumkin.