Qizlarga: O’z yigitingizdan so’rash kerak bo’lgan savollar (1 qism)
Bu yerda yigitingizdan so’rash mumkin bo’lgan savollar mavjud. Erkaklar asosan ko’p gapirishmaydi va ko’pgina savollarga qisqa javob berishadi. Bu savollar bir-biringiz yanada ko’proq bilishga yordam berishiga umid qilib qolamiz.
- Qaysi film juda qayg’uli edi va siz uni boshqa qaytib ko’rmaysiz? Bu savol bolaning emotsional tarafini bilib olishga yordam beradi. Shu savol orqali ularni his-hayojonga berilishi yoki berilmasligini ko’rib, bilib olasiz va bu narsa kelajak uchun juda foydalidir.
- Qanday kun siz uchun juda zo’r kun hisoblanadi? Bu juda yaxshi savol hisoblanib, deyarli barcha erkaklarda bunga javob mavjud. Bu savol ajoyib suhbat boshlashga katta yordam beradi. Albatta, shu orqali unga nimalar yoqishini bilib olasiz. Agarda siz unga nima yoqishi yoki yoqmasligini bilib olsangiz, keyingi ko’rishganingizda nimalar haqida gaplashishni yaxshi bilib olasiz.
- Kech bo’lsa ham, nimani o’rgandingiz? Bu savoldan bolaning nimalarda afsus qilishini bilib olish mumkin. Shu orqali u nimalarga o’rgandi? Qanday tajriba oldi? – Shu narsalar u inson qaysi kelajak tomon yurayotgani haqida g’oyalar berishi mumkin.
- Insonlar sizni bezovta qiladigan qanday og’ir va nogigienik narsalar qiladilar? Sizning yigitingiz tozalikni sevadimi yoki yo’qmi? Agarda siz yigitingiz bilan jiddiy munosabat qilayotgan bo’lsangiz, erta yoki kechmi baribir bilib olishingiz kerak. Agarda yigitingiz tezda javoblarni sanab o’tsa, demak u tozalikni sevadi. Agarda, “Bilmasam” deb sekingina javob bersa, demak unchalik tozalikga e’tibor bermaydi.
- Sizning qanday “g’alati” odatlaringiz bor? Barchamizda shunday g’alati odatlar mavjud. Faqat esda tuting, bolani hukm qilib tashlamang. Siz ham o’zingizning shunday g’alati odatingiz haqida siz ham gapirib bering.
Qizlarga: O’z yigitingizdan so’rash kerak bo’lgan savollar (2 qism)