Erlar uy ishlarida ayollariga yordam berishi to’g’rimi?
Bir kuni uyimga o’rtog’im mehmonga keldi. Biz u bilan choy ichdik, hayot haqida suhbatlashdik. Bir qancha vaqt o’tmay men “idishlarni yuvaman va qaytib kelaman” dedim. U menga shunday qaradiki, go’yoki men unga raketa qurib kelaman deganday.
Keyin u menga achchiqlanib gapirdi: “Xotininga yordam berishing bu yashi. Men hech qachon xotinimga yordam bermayman, sababi u hech qachon qilgan ishlarimni ko’rmaydi. O’tgan haftada men uyni tozalab yuvib chiqdim, lekin u hattoki rahmat ham aytmadi”.
Shunda men joyimga o’tirdim va unga tushuntirdim: “Men ham xotinimga yordam bermayman. Mening xotinimga yordamchi kerak emas. Xotinimga sherik kerak.”
– Men turmush o’rtog’imga uyni yig’ishtirishda yordam bermayman.
Men ham shu uyda yashar ekanman, men ham uyni yig’ishtirishim kerak.
– Men rafiqamga ovqat qilishga yordam bermayman.
Men ham ovqatlangim keladi, shunday ekan men ham gaz plita oldida turishim kerak.
– Men ovqatdan keyin xotinimga idishlarni yuvishda yordam bermayman.
Ovqatdan keyin men ham idishlarni yuvaman. Sababi bu meni ham idishlarim.
– Men ayolimga bollariga qarashda yordam bermayman.
Ular mening ham farzandlarim, shunday ekan men ularga otalik qilishim kerak.
– Men xotinimga kirlarni yuvishda va ularni qurutishda yordam bermayman.
Bu mening va farzandlarimning ham kiyimi, ular toza turishi kerak.
– Men uy ishlarida yordam bermayman.
Men shu oila a’zosiman va men ham uy ishlari bilan shug’ullanishim kerak.
Shu narsalar haqida o’ylab ko’rmaganmisan do’stim. Sen bir marta uyingni yig’ishtirgan ekansan, buning uchun senga umrbod shon sharaf aytish kerakmi?… Nima uchun?
Sen eslay olasanmi, qachon oxirgi marta xotiningning uylarni yig’ishtirib, ovqat tayyorlab, bollarni yuvintirib va hakozo ishlarni qilib bo’lganidan keyin rahmat aytgansan? Yoki seni yoshlikdan uy ishlarini faqat ayollar qilish kerak deb o’rgatishgan, nahot yoshlikdan seni “hamma ish o’z o’zidan qilinadi, sen hattoki barmog’ingniyam qimirlatishing shart emas” – deb fikrlashga o’rgatishgan.
O’z uyingda xotiningga muloyim mehmon bo’lish o’rniga yaxshi sherik bo’l. Ishon, uyda ayollarga ovqat yeyish, uxlash, yuvinish, xullasi faqat o’z extiyojlarini qondiruvchi muloyim mehmon kerak emas.
Hayotdagi barcha yaxshi o’zgarishlar oiladan boshlanadi. Kel yaxshisi farzandlarimizga yaxshi sherik va haqiqiy hurmat qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatamiz.