Artel-qulay, ishonchli va albatta hamyonbop!

Bizning hayotimizda yetarlicha qadriyatlar va an’analar mavjud. Siz o‘zingiz xohlagan narsalar haqida orzu qilasiz. Har bir yangi kun qanday boshlanishi esa Sizning ilhomlantiruvchi ilk qadamga bog‘liq. Artel- Sizga murodbaxsh kun tilaydi!

Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan gaz plitalari nafaqat kuchli ishlash jarayonlari bilan, balki o’zining milliy dizayni bilan ham e’tiborga loyiqdir. Albatta, uy bekalarining barcha talablarini hisobga olgan holda qulay va betakror gaz plitalari dunyoga keladi. 

Mazkur gaz plitalari to‘rtta qulay konforkalar bilan jihozlangan,  bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta ovqatlar tayyorlash imkoniyatini taqdim etadi va shu sababli ham qimmatli vaqt masalasida tejamkor ishonchli ko’makdoshga aylanadi.

Muhim jihatlaridan biri shundaki, agar Siz choy yoki taom uchun gazni yoqqan bo‘lsangiz-u lekin uy yumushlari bilan chalg‘ib uni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, gaz nazorat tizimi Sizga yordamga keladi. Gaz o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda o‘chadi va Siz doimo xavfsizlikda bo‘lasiz!

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har bir jihoz, albatta, ajoyib va zamonaviy ko’rinishga ega bo’lishi lozim. Bu esa har gal unga qaraganingizda Sizga yanada ko’proq yangiliklarni yaratish uchun  ilhom baxsh etishga xizmat qiladi.