Samolyot uchuvchilari qaysi oliygohda o‘qitiladi?
🌐 Samolyot uchuvchilari qaysi oliygohda o‘qitiladi?
#uzabt kanaliga abituriyentlardan «samolyot uchuvchisi bo‘lmoqchiman», «uchuvchi bo‘lish uchun qaysi fanlardan tayyorlanish kerak?» qabilidagi ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Siz abituriyentlarga shuni maʼlum qilamizki, Respublikamizda fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha uchuvchilarni tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasi mavjud emas.
O‘zbekiston Havo Yo‘llari (O‘zHY) kompaniyasida ishlaydigan bo‘lajak uchuvchi kadrlar asosan Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetida taʼlim olishadi!
‼️ Uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda ochilgan qo‘shma maxsus o‘quv kurslari haqida alohida post sifatida qoldiramiz.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidagi “Aviatsiya” fakultetida asosan texnik xizmat ko‘rsatuvchi kadrlar tayyorlanadi.
Respublikamizda shuningdek, Qarshi shahrida joylashgan harbiy uchuvchilarni tayyorlovchi O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti mavjud bo‘lib, bu turdagi uchuvchilar fuqaro aviatsiyasiga umuman aloqador emas.