Sirtqi ta‘limda o‘qish muddati necha yil?
🌐Sirtqi ta‘limda o‘qish muddati necha yil?
«Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda o‘qish muddati:
✅ sirtqi shaklda — kamida 5 yil;
✅ maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil;
✅ ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, bakalavriat taʼlim yo‘nalishining 2-kursidan boshlanadi.