Tizza og’rig’i

Qachon tizzadagi og’riq kasallik bilan bog’liq emas ?

Tizza og’rig’i har doim ham kasallik alomati emas. Misol uchun, bo’g’imlardagi noqulay his-tuyg’ular va og’riqlar ko’pincha o’smirlarni bezovta qiladi. Bu yoshda bolalar yuqori darajada tez o’sadi va qon tomirlarining rivojlanishi suyaklarning o’sishidan orqada qoladi. Natijada, qon tomir og’rig’i yuzaga keladi.

Sog’lom odamda tizzadagi og’riqning yana bir sababi tizzaning oddiy jismoniy zo’riqishi bo’lishi mumkin. Bu ko’pincha sportchilarda kuzatiladi. Haddan tashqari yuk tufayli tizza to’qimalari ta’sirlanadi va og’riqlar yuzaga keladi. Bu zo’riqsishni kamaytirish vaqti kelganligini bildiruvchi belgidir. Bunday belgini e’tiborsiz qoldiradigan va tizzaga tushadigan yukni kamaytirmaydiganlarda jiddiy davolashni talab qiladigan surunkali kasalliklar rivojlanish xavfi bilan kuchayadi.

Qanday sharoit va kasalliklar tizza og’rig’ini keltirib chiqarishi mumkin ?

Tizza jarohati

Hatto bir oz tizza jarohati uning yumshoq to’qimalariga qon ketishi, shish va og’riq keltirib chiqarishi mumkin. Bular harakatga to’sqinlik qilishi va ko’p noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bir necha kundan keyin og’riq pasaya borsa, oyoqlarni egib-yozganda og’riq kuchaymasa, tizzani paypaslab ko’rganda og’riq sezilmasa, ehtimol bir-ikki kundan keyin tizza jarohati butunlay tuzalib, og’riqlar yo’qoladi. Ammo jarohatlangan joydagi og’riq atrofga o’ta boshlasa, tana harorati ko’tarilsa shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki bunday hollarda jiddiy shikastlanish, masalan, tizza kosachasining siljishi haqida gap ketishi mumkin.

Meniskopatiya

Meniskopatiya meniskning har qanday jarohatini anglatadi (ezilishi, uzilishi). Bu juda ko’p kuzatiladigan jarohat bo’lib, xavf guruhida nafaqat sportchilar va ekstremallar, balki oddiy hayot tarzini olib boruvchi insonlar ham mavjud. Meniskopatiyaning eng birinchi belgisi bu o’ziga xos ovoz eshitilishi bo’lib, birdan kuchli og’riq yuzaga keladi va oyoqlarning harakatchanligi bir muddatga yo’qoladi.

Bo’g’imlarning uzilishi

Bo’g’imlarning shikastlanishi (to’liq yoki qisman) har doim o’tkir va chidab bo’lmas og’riqlarga olib keladi. Ko’pincha bo’g’imlarning yorilishi suyak sinishi bilan kechadi. Bunday shikastlanishning sababi — oyoqning oddiy qayirilib ketishi, muvaffaqiyatsiz sakrash yoki avariya bo’lishi mumkin. Har qanday holatda ham bu og’riq, shish va oyoqning noodatiy qiyshayib qolishi bilan kechadi.

Tizza kosachasining surunkali chiqib ketishi

Ushbu patologiya keng tarqalmagan va kelajakda yuqori takorlanish xavfi bilan tavsiflanadi. Ushbu holat bolalarda kuzatilganda, ular uchun tizza bo’g’imi qiyshayishlari (tashqi ko’rikda kichik boldirning X-simon chekinishi) va oyoqlar vazifasining buzilishi yuzaga kelishi mumkin.

Tog’ayning yallig’lanishi

Tendonit yohud tog’ayning yallig’lanishi bo’g’imlardagi og’riq va uning harakatchanligini cheklash orqali namoyon bo’ladi. Ushbu alomatlar uzoq vaqt davomida saqlanib turadi va juda qat’iy tabiatlidir. Og’riqli soha tekshirilganda, yallig’langan to’gayning og’rig’i ortadi. Kasallikning sabablari juda xilma-xildir:

  • To’gayning uzoq vaqt davomida haddan tashqari zo’riqishi;
  • Bakterial infektsiyalar;
  • Tizza jarohati;
  • Tananing tuzilishidagi patologiyalar — masalan, oyoqlarning turli uzunligi;
  • Tananing ayrim dori-darmonlarni qabul qilishiga allergik javobi;
  • Revmatik kasalliklar mavjudligi (podagra, artrit);
  • Qad-qomatning buzilishlari;
  • To’gay rivojlanishidagi turli patologiyalar;
  • Zaiflashgan to’gaylar.

Bursit

Bursit — oyoq bo’g’im xaltasida suyuqlik yig’ilishidir, buning natijasida bo’g’imlarning sezilari darajada kattalashishi va butun oyoq bo’ylab, tovongacha tarqaladigan og’riq yuzaga keladi. Bursit o’tkir va surunkali shaklda kechadi.

Kasallikning o’tkir shakllari kuchli va o’tkir, tugamaydigan og’riq, teri qizarishi va oyoq harakatlanishning cheklanishi bilan tavsiflanadi. Bunday holda, shish aniq chegarali bo’ladi va paypaslab ko’rilganda to’plangan suyuqlik yaxshi seziladi. Surunkali bursitda esa bo’g’im xaltasining qalinlashuvi yuz beradi, bu esa tizza bo’g’imining deformatsiyalanuviga olib keladi.

Bursitning eng ko’p uchraydigan sabablari quyidagilardan iborat:

  • Yuqumli kasalliklar;
  • Yizzaning muntazam jarohati;
  • Bo’g’imlarni doimiy ravishda haddan tashqari zo’riqtirish;
  • Og’irliklarni ko’tarishda noto’g’ri og’irlik taqsimoti.

Artrit

Bu tizza bo’g’imining bir yallig’lanishli kasalligi bo’lib, yallig’lanish sohasidagi haroratning ortishi, kuchli o’griq, harakatlanganda ham, tinch holatda ham doimiy og’riq mavjudligi bilan namoyon bo’ladi. Artrit rivojlanishining umumiy sabablari orasida tizzaga infektsiyalar tushishi, irsiyat, jismoniy faoliyatning kamligi, beqaror ovqatlanishlar mavjud.

Reaktiv artrit

Ushbu kasallikda yallig’lanish jarayoni nafaqat tizza bo’g’imlariga, balki atrofidagi tog’aylarga, boshqa bo’g’imlarga va hatto ko’zlarga ham ta’sir qiladi. Reaktiv artritni ko’pincha siydik-tanosil yuqumli kasalliklari (gonoreya, ureoplazma, xlamidioz) yoki ichak kasalliklari (salmonellyoz, dizenteriya) keltirib chiqaradi.

Sinovit

Sinovit — bo’g’im ichki qavatini qoplab turuvchi sinovial pardaning yallig’lanish jarayoni. Sinovit rivojlanishi sabablariga shikastlanishlar, autoimmun jarayonlar, modda almashinuvi buzilishlar kiradi. Kasallik aseptik xarakterga ega (ya’ni sinovitda infektsiya yo’q), lekin sinovial suyuqlikka infektsiya tushgan hollarda yiring paydo bo’ladi va u yiringli sinovit dev ataladi. Bu kasallik o’tmas og’riq va ichkaridan yorib yuborilgan noxush tuyg’ular bilan birga keladi.

Osteoporoz

Suyaklarning tuzilishidagi o’zgarishlar bilan kechadigan jiddiy kasallik. Natijada, suyak to’qimasi juda nozik va zaif bo’lib qoladi, kishi tez-tez suyak sinishlaridan aziyat chekadi. Tizzadagi og’riq (kechki umurtqa og’riqlar bilan birga) osteoporozning birinchi belgisi hisoblanadi.

Osteomielit

Suyak to’qimasida bu yiringli-nekrotik jarayonning sababchisi bakteriyalardir. Kasallikning boshidanoq bemor hatto o’ta kuchli, chidab bo’las og’ir sezadi bu og’riq kuchayadi. Bu xarakterli alomatlar bilan bir qatorda boshqa belgilar ham kuzatiladi: zaiflik, isitma. Kasal tizzalar shishadi, uning ustidagi teri qizarib qoladi.

Suyaklarning sil kasalligi

Bu jiddiy kasallik suyakning erishi bilan boshlanadi. Jarayon asta-sekin o’sib boradi va boshqa yangi hududlarni qamrab oladi. Suyak tuberkulyozi yiringli oqma yoki tashqi ochiqlik bilan paydo bo’ladi.

Tizza bo’g’imi og’rimoqda, nima qilishim kerak?

Tizza og’rig’iga e’tibor bermaslik juda xavflidir. U nima sababdan kelib chiqqani ma’lum emas — ehtimol kasallikning dastlabki bosqichlaridir, ularni vaqtida davolash esa samarali. Shuning uchun dastlabki bezovtalik belgilarda shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Qaysi shifokorga? Hammasi vaziyatga bog’liq. Tizza jarohatlangan bo’lsa, jarroh yoki travmatolog maslahati kerak. Aks holda terapevtga tashrif buyurishingiz kerak, u esa keyingi tadqiqot yo’nalishini aniqlaydi. Ko’pincha bemorlar ortoped, nevrolog, osteopat yoki revmatolog mutahassisi huzuriga yuboriladi.

To’g’ri tashxis qo’yish uchun quyidagi tadqiqot usullari talab qilinishi mumkin:

  • So’rov (bemor shikoyatlari o’rganiladi, uning sezgilari, harakat vaqtidagi og’iriq, kasbi va hayot tarzi aniqlanadi);
  • Ko’rik — ba’zida tashqi belgilar orqali tajribali shifokor og’riq sababini tashxislashi yoki hech bo’lmasa ma’lum bir kasallikdan shubha qilishi mumkin;
  • Umumiy qon tahlili (leykotsitoz, kamqonlik, ECHTning oshishi, yallig’lanish borligi to’g’risidagi xulosalar va boshqalar);
  • Biokimyo (masalan, siydik kislotasining yuqori darajalari podagrani tashxislashi mumkin);
  • Mikrobiologik tadqiqotlar (masalan, reaktiv artrit shubha qilinganda xlamidiyalarni aniqlash uchun aniqlash uchun);
  • Serologik tadqiqotlar;
  • Rentgenografiya — tizza sohasidagi og’riqlar mavjudligida juda informatsion tadqiqot usuli. Tasvir odatda biron kasallikning xarakterli patologiyasi va o’zgarishini ko’rsatadi;
  • Magnit-rezonans tomografiyasi (MRT);
  • Ultratovush tekshiruv (UTT) — tizza shikastlanishi ehtimoli mavjud bo’lganda juda kerakli hisoblanadi, meniskopatiya, osteoartrit mavjudligini ko’rsatadi;
  • Artroskopiya — diagnostika va terapevtik maqsadlar uchun maxsus uskunalar yordamida amalga oshiriladi;
  • Suyak biopsiyasi — (osteomielit yoki suyak tuberkulyozining tashxisini tasdiqlash uchun);
  • Bo’g’im punktsiyasi — maxsus igna bilan bo’g’imdan suyuqlik olinadi va o’rganiladi (shaffofligi, qon hujayralari va oqsillar miqdori, mikroorganizmlar mavjudligi);
  • Densitometriya — bu usul yordamida osteoporozda (yoki ushbu kasallik shubha qilinganda) suyak zichligi o’rganiladi.

Tizza og’rig’ini davolash

Tizza og’irganda terapevtik chora-tadbirlarog’riqni keltirib chiqarayotgan sabablarga bog’liq. Yuqorida aytib o’tilganidek, tizzadagi og’riqqa bir qator kasalliklar va sharoitlar ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ko’p, shuning uchun muammoni uy sharoitida o’zboshimchalik bilan davolash samarasiz va hatto xavfli bo’lishi mumkin. Aniq tashxis qo’yish va davolash faqat vakolatli mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi, va quyidagi holatlar kuzatilganda shifokorga tashirfni kechga qoldirmagan ma’qul:

  • Tizza og’rig’i uzoq vaqt davom etsa;
  • Vaqt o’tishi bilan og’riq pasaymasa va aksincha, kuchayib borsa;
  • Og’riq to’satdan va sababsiz yuzaga kelsa;
  • Tizzada qizarish bo’lsa;
  • Tizza va tizza atrofida sezish o’zgarsa;
  • Tizzaning qiyshayishi kuzatilsa.

Har bir holda tashxislash va davolash ro’yxati alohida-alohida tanlangan bo’ladi.

Shunday qilib, tizzadagi og’riqni keltirib chiqaradigan omilga qarab, shifokor bemorni davolashda quyidagi chora-tadbirlar va tavsiyalardan foydalanish mumkin:

  • Harakatni kamaytirish yoki jismoniy faoliyatni to’liq cheklash (ba’zan uni maxsus bint bilan mahkam bog’lab, tizzani harakatlantirmaslik talab etiladi);
  • Elastik bint yoki bandajdan foydalanish — bo’g’imlarni barqarorlashtirish yordam beradi;
  • Mashqlarni boshlashdan oldin qizinib olish uchun mashqlarni bajarish, og’irlikni asta-sekin oshirish;
  • Kompresslar qo’yish — ayrim hollarda, shifokor issiq kompres yoki qizdiruvchi malhamlar tavsiya qilishi mumkin (to’qimalarning mikrosirkulyatsiyasini yaxshilash uchun); ba’zan sovuq kompresslar qo’uish maqsadga muvofiq bo’ladi (o’tkirni og’riq davolash uchun, muolaja 15 daqiqadan oshmasligi lozim);
  • Dori-darmonli davolash — masalan, tizzada yallig’lanish bo’lsa, yallig’lanishni oluvchi kompleks preparatlar buyuriladi, agar jarohat mavjud bo’lsa, tiklovchi preparatlar;
  • Jarrohlik;
  • Fizioterapiya.

O’ta og’ir hollarda bemorlar ko’rikdan o’tish va davolanish uchun kasalxonaga joylashtiriladi.