Pielonefrit — buyurakning o’tkir yoki surunkali infeksion shamollash kasalligi bo’lib, buyurak to’qimasining o’zi va buyurak jomi tizimining kasallanishidir.
Qo’zg’atuvchilar — enterokokelar, protei, entofilokokklar, stafilakokklar, ichak tayoqchasi.
Kasallikning rivojlanishi birinchi navbata organizmning umumiy xolati va yuqumli kasalliklarga qarshlik ko’rsatabilishi ( immunitet )ga bog’liq.
Pielonefrit rivojlanishiga eng ko’p va tez — tez moillik ko’rsatadigan omillar quydagilardir:
● Qovuq — peshob chiqarish yo’lining shamollanish kasalligi;
● Buyurak tosh kasalligi;
● Jinsiy yo’l bilan o’tadigan yuqumli kasallik;
● Umumiy sovuq qotish.
🌟 O’tkir pielonefrit
■ Belda og’riq.
■ Xaroratni ko’tarilishi.
■ Tez — Tez, qiynalib peshob chiqarish.
■ Peshob taxlili chog’ida katta miqdordagi leykositlar, bakteriyalar, oqsillar borligi aniqlanadi.
Muqobil muolaja bo’lmaganida yiringli septik asoratlarining rivojlanishi xavfi bor:
● Buyurak yiringlashi ( absess );
●Buyurak chipqoni;
● Buyurak atrofi ( paranefral ) absessi.
🌟 Surunkali pielonefrit
● O’tkirlashmasdan oldin ertalablari yuz shishadi, arteriya bosimi ortadi, anemiya xodisasi yuz beradi.
● Surunkali pielonefritning o’tkirlashuvi o’tkir pielonefritga o’xshash alomatlar bilan kechadi.
● Surunkali pielonefrit uzoq vaqt davomida rivojlanadi, vaqti — Vaqti bilan xurujlar va qaytishlar bo’lib turadi.
Kasallik alomatlari rivojlanganda tekshirish va muqobil muolaja o’tkazish uchun shifokorga murojat qilish kerak.