Ertalab o‘z vaqtida uyg‘onish uchun 7 sabab

Ertalab uyg‘onish ko‘pchilik uchun qiyinchilik tug‘diradi. Ayniqsa kech turgach, o‘qish yohud ishga shoshilish asab buzarliklarga sabab bo‘ladi. Erta tongdan uyg‘onib, yaxshi kayfiyat bilan kunni boshlaganga nima yetsin!

  1. Vaqtli turish uchun sabab izlang.

Uyquga yotishdan oldin ertangi kun rejasini tuzib oling, eng murakkab ishlarni tongga rejalashtiring. Shunda kun davomida o‘zingizni yengil va xotirjam sezasiz. Tong ish kunini boshlash uchun eng qulay payt ekanini unutmang.

  1. “Yana 10 daqiqa” haqida unuting.

Budilnik jiringlashi bilan uyg‘onishga odatlaning. Siz bu orqali ko‘p narsani qo‘lga kiritasiz. Oddiy misol: shoshmasdan nonushta qilishingiz, oyna oldida o‘zingizga yetarli darajada oro berishingiz uchun 10 daqiqaning qadri oltinga teng ekanini anglaysiz.

  1. Uyqu vaqtini me’yorlashtiring.

Uxlashga yotish va uyg‘onish bir biri bilan o‘ta aloqador hodisalar ekanidan xabardorsiz. Shunday ekan uni me’yorlashtiring. Uyqu davomiyligi 6-8 soatdan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiq sanaladi.

  1. Belgilangan mundattan biroz oldin uyg‘ondingiz.

Deylik budilnik soat 6:00 da jiringlashi kerak edi, siz soat 5: 50da uyg‘onib ketdingiz. Bu siz uchun “juda achinarli” bo‘lsada uyg‘oning! Bu orqali siz o‘zingiz uchun 10 daqiqa tejab qolasiz.

  1. Derazani oching.

Agar havo iliq bo‘lsa,  uyg‘ongach oynani ochib, o‘pkangiz to‘lgunicha nafas oling. Shunda  dunyo ko‘zingizga rang-barang bo‘lib ko‘rinadi.

  1. Tongi sayr.

Inson organizmi uchun juda foydali. Bu yuzlarni tiniqlashtirib, yurakni sog‘lom qiladi.

  1. Bir stakan suv iching.

Ertalab ichilgan bir stakan suv juda foydalidir. Ayniqsa, suv ichiga limon bo‘lagi yoki choy qoshig‘ida solingan asal sizni qayta uyquga yotishga yo‘l qo‘ymaydi.

 

Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/ertalab-oz-vaqtida-uygonish-uchun-7-sabab/