Windows tizimida Internet Explorer brauzerini o’chiramiz
Windows o’rnatilganda o’zi bilan bir qancha utilita (komponenta)larni o’rnatadi, misol uchun: Internet Explorer, Media Player, har xil o’yinlar.
Bu komponentalarni o’chirish yoki kerakligini hech qanday disk tiqmasdan o’rnatish mumkin, buning uchun:
1. Пуск -> Панель управления.
2. Hosil bo’lgan oynadan «Программы и компоненты» bo’limi.
Ha o’sha, siz dasturlarni o’chiradigan oynaga kirasiz, lekin u yerda Windows o’rnatgan komponentalar ko’rinmaydi.
3. Oynaning chap tomondagi menyusidan «Включение и отключение компонентов Windows» kiramiz.
Windows o’rnatgan yoki o’rnatish mumkin bo’lgan komponentalar ro’yhati chiqadi.
4. Internet Explorer brauzeridan ptichkani olib tashlaymiz va OK.
Shu meyudan kerakli komponentalarga ptichka qo’yib ularni o’rnatish yoki ptichkani olib tashlab ularni o’chirish mumkin.
5. Biroz kutishdan so’ng, kompyuterni qayta yuklaymiz va Internet Explorer o’chganini ko’rishimiz mumkin.
☝️Keyinroq bu brauzer kerak bo’lib qolsa, shu tariqa uni qayta o’rnatish mumkin. Windows 10 va Windows 7 tizimlarida sinab ko’rildi.