Abituriyentlarga imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda davlat mukofoti sohiblari, fan olimpiadalari g‘oliblari, nogironligi bor shaxslar kabi ma’lum bir toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar belgilangan.
Mazkur imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.
Fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqqan holda Davlat test markazi tomonidan mazkur imtiyozlar haqida ma’lumotlar tayyorlandi va markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi (ma’lumotlar to‘ldirib borilmoqda).
Abituriyentlar imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin:
Abituriyentlarga imtiyozlar
Davlat test markazi matbuot xizmati