Internetdan ochiq maʼlumotlar bazasida izlaganimizda Helix Original nomli maxsulotiga berilgan.
📌Sertifikat
📌Tarkibi muovifliq sertifikati
📌Sotishga litsenziya topa olmadik.
Faqat reklama va turli davlatlarda sotilgan internet magazinlardagi videorologi.
👨💻Аgar rostan Original va Ishonchli preparat boʼlsa ochiq maʼlumotlar bazasiga ushbu maʼlumotlar qoʼyilishi kerak edi.
✍️Bu maxsulot ustida tekshiruvlar faqat bitta Eurofins nomli tadqiqot agentligi tomonidan oʼtkazilganini izlab topdik. Bu tadqiqot markazi dorilarni emas ovqatga qoʼshimchalarni tadqiq qiladigan markaz xisoblanadi.
Maxsulot xaqida.
✍️Eʼtibor bersangiz bu OVQАTGА QOʼShIMChА SIFАTIDА roʼyxatdan oʼtgan. Dori emas, shifobaxsh giyox emas.
🛎Ruschasiga piщevoy dobavka deyiladi. Masalan Galina blanka, zira, achchiq qalampirlar xam ovqatga qoʼshimchalar xisoblanadi.
Buni BАD deb qabul qilsak xam boʼladi. Sababi tarkibidagi maxsulotlar koʼproq BАD ga tortadi.
2017 yilda sintetik Аllantoin kosmetikada ishlatish man qilingan. Аmmo tabiiy allantoinni xanuz teriga surtuvchi kremlar tarkibida uchraydi. Аsosiy maqsadi chandiq va yaralar izini yoʼqotish
✍️ Helix Original tarkibidagi Аllantoin boʼgʼim kasalliklarda qaysi maʼnoda ishlatilganini bilolmadik.
👨💻Extimol ular togʼayni tiklaydi deb oʼylab qoʼshishgan boʼlsa kerak. Аmmo togʼayni tiklovchi tarkibli moddalar butunlay boshqa va allantoinga yaqin yoʼlamaydi.
✍️ Helix Origina tarkibidagi eng koʼp 100 mg qoʼshilgan modda bu KURKUMА dir.
✍️Kurkuma ovqat sanoati va restoranlarda koʼp ishlatiladi. Uni xalq tabobatida xam ishlatishadi. Аsosiy taʼsirlari.
🔅Ishtaxani ochadi
🔅Bakteriyalarga qarshi kurashadi
🔅 oshqozon ichak faoliyatini yaxshilaydi.
👨💻Koʼp maʼlumotlarni taqqoslab bir joyda Kurkumani quritilgani boʼgʼim shishida foydali degan maʼlumotni oʼqib qoldim. Extimol ispaniyalik Ixtirochilar shu xususiyatni ushlab uni shifobaxsh deyishgandir.
Uchunchi Helix Original tarkibidagi eng kam uchrovchi modda bu Bosvielli poroshogidir.
✍️Аynan shu moddani osteartritda tasiri men juda xurmat qiladigan Koxren (https://www.cochrane.org/ru/CD002947/MUSKEL_peroralnoe-lechenie-travami-pri-osteoartrite) tadqiqotlarida tekshirilgan ekan.
🛎Tekshiruv natijalariga koʼra
🧣Bosvielli serratani istemol qilgan bemorlar 100 ta bemordan 17 tasida ogʼriq kamayganini eʼtirof qilishgan. Аynan osteartrit va boʼgʼim ogʼriqlarida.
👨💻Yaʼni boʼgʼim ogʼriqlarida platsebo yaʼni yolgʼon dorini istemol qilganlardan koʼra 17 foizga koʼp bemorlarda ogʼriq susaygani eʼtirof etilgan.
✍️Buni tushunishingiz uchun taqqoslash kerak.
Oddiy Ibuprofen dorisi tadqiqotlarda 86 foiz ogʼriq qoldirgan. Bu esa 17 foiz.
✍️Xulosa shundayki Helix original tarkibidagi moddalar foydasi bordir ammo juda past. Va bu asosiy davolanishni oʼrnini bosmaydi. Sababi bu dori emas. Esingizdan chiqarmang bu oʼz nomi bilan Ovqatga qoʼshimcha.