31-avgust — Yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni
31-avgust — Yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni
Ajdodlarimiz azal-azaldan to‘y, bayram qilishdan oldin o‘tgan ajdodlarimiz хotirasini yodga olishgan, marhumlar sha’niga duolar o‘qib, is chiqarishgan, elga osh tortishgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan qatag‘on qurbonlarini yod etish kunining joriy etilishi – tarixiy an’analarni yangi zamonaviy shaklda tiklashning eng ibratli namunasi bo‘ldi. Yurtboshimizning tashabbusi bilan Toshkentning Yunusobod tumanida bunyod etilgan. «Shahidlar hotrasi” yodgorlik majmuiga 31-avgust tongida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yuzlab vatandoshlarimiz yig‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risidagi” Farmoniga muvofiq, hozir «Shahidlar hotirasi majmuyini yanada obodonlashtirish. Xususan, ko‘plab qatag‘on qurbonlarning nomlari aniqlanib, ularga taalluqli buyumlar, shuningdek, faoliyatiga doir materiallar, qiziqarli axborotlar, suratlar va boshqa hujjatlar yig‘ilmoqda. Ular tabiiyki, nohaq jabrlanib, shahid ketgan ota-bobolarimizning fojiali qismatini yodga solib turadi. Хotira va qadrlash kuni xalq ozodligi yo‘lida shahid ketgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash, ularning pok nomlarini oqlash , balki ularning ibratli hayoti va kurashi misolida yosh avlodda istiqlol qadriyatlariga xurmat va sadoqat tuyg‘usini tarbiyalash, vatanparvar va xalqsevar ota-bobolarning olijanob an’analarini ular ongi va shuuriga singdirish buyuk kelajagimiz me’morlarini voyaga yetkazish ishiga ham xizmat qilajak” –deydi «Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi Naim Karimov. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Xotira va qadrlash kuni”ni uyushtirish halqimiz tomonidan keng qo‘lab-quvvatlandi. Uni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.