Magazin- foyda Magnit- kuch Mazmundor she’r- imorat Mayda baliq- foyda Mayka- kuch, qudrat Maymun- dushman Makaron- hayrli samara Maktab- oila, sahovat Maktub- habar Malika- rizq Magnitafon- tashvish, havf Maosh-yordam, omad Marjon- yahshi turmush Marham- bemorlik Masjid- murod Maska- rizq Mast- haromlik Masxaraboz-og’ir mehnat Mas’ul ish- muvaffaqiyat Mahsi- yahshi oila Maxshar- jazo Maqbara-murodga yetish Mahbus- tashvish Mebel-rohat Meva-mo’lchilk Me’ros-yahshilik Metro-siqilish qo’rqu Me’mor- fazilat Mehmon- habar Mehmonhona- muhit Mikrofon- siyosat Militsa- raqobat Miltiq- kelishmovchilik Minbar- ne’mat, va davlat Minora- mansab va rahbar Misvok- yordam Mix-janjal Mozor- istig’for Muz- ogohlantirish Muzqaymoq- do’stlk,quvonch Murabbo-sog’lik Murdaning gapirishi- hayru sadaqa Murch- pul Musiqa-ezma xotin Musobaqa-foydasiz safar Muxbir- qayg’u , quvonch Mushak- hayyu havas Muhammad mustafo s.a.v. — ikki dunyo saodati Muhandis- umr, shifo, boylik Muhojir- do’stlik Mo’ysafidga salom berish- fazilat Mo’ri- baraka, o’lim , nohushlik
Mayiz. Mayiz qorasi xom, qizili ham, oqi ham xayru boylikdir.
Mayfurush. Uni tushda ko’rish yashashni talab qilish, pokligi va kasalliklardan qutilishga, gohida esa cho’chqa, maymun kabi iflos hayvonlar va o’t yoquvchi asboblarga dalolat qiladi.
Mal’un iblis. Tushda iblisni ko’rish xato qilishga dalolat qiladi. Shuningdek, sehr, makr, aldash va er-xotin orasini ajratishga ham dalolat.
Malham dori. Ta’mi yomoni uzalishi oson kasallikdir.
Maniy. Maniy,masalan, xayz vaqtida jinsiy aloqa qilish yoki orqa peshovga qilish yohud zino yo’li bilan qo’shilish kabi fasod holatlarga dalolat.
Marjon. U xizmat yoki moldir.
Marjonchi. U tushda ayollar ishiga bog’liqlik qiladigan va ularni ziynatlaydigan, ularga ahamiyat qiladigay kishidir. Chunki u marjon bilan ish qiladi. Marjon-ayollardir.
Marmar plita. Kim keng tushalgan marmarni ko’rsa, yaxshilik o’rnini yomonlik bosadi.
Marmar tosh. U tushda azizlik va qadri balandlik, mol va chiroyli xotinga dalolat.
Mast qiluvchi ichimlik. U tushda mashaqqatsiz topilgan harom moldir. Kim tushida hamir ichganini ko’rsa, u katta gunohdir.
Martaba. U miskin kishi uchun ayol, solih amalga dalolat qiladiki Alloh u sababli uning darajasini ko’taradi.
Mastlik. Tush ko’ruvchiga yetagidan mol-davlat, kalandimog’lik va hukimronlikka ishora.
Maxsi. Yangi maxsi yomonliklardan najot va molning saqlanishidir. Maxsining tori g’amdir. Agar maxsini libos va do’ppilar bilan birga ko’rsa, martaba ziyodaligi va yashashning farovonligidir.
Mashina. U tushda molning xazinabonidir.
Mashshoq. Tushda mashshoqni ko’rish yo’lga, foydasiz so’zga, shodlikka dalolat qiladi.
Mevalar. Bir vaqtda bo’lib, boshqa vaqtda bo’lmaydigan mevalar o’z mavsumida yaxshilik , boshqa mavsumda esa yaxshilik belgisi emas.
Metall , chanbarak, gardish. Uni tushda ko’rish chiqishning iloji bo’lmagan tang ishlarga kirib qolishdir, ehtimol o’limdan ham darak.
Metal erituvchi. Qolipga qo’yuvchi metal erituvchi haq va botil orasini ajratuvchi hamda nazoratchi kishini anglatadi.
Mesh. Mesh yaxshi ayoldir. Meshdan suv ichish ayol tomonidan foyda ko’riladigan moldir. Agar meshda saryog’ bo’lsa u o’suvchi mol egasidir. Agar unda tuzlangan narsa bo’lsa, u kasal kishidir.
Meshkopchi, suv tashib tarqatuvchi kishi. U diyonatli va taqvodor kishi bo’lib, yaxshilik qilib haq olmaydi.
Mehmonxona. Noma’lum mehmonxona safarga dalolat. Kim tushida noma’lum mehmonxonaga kirsa, agar kasal bo’lsa vafot etadi.
Minora. Kim o’zini minora ichiga ko’rsa, uni izlab yurgan odamdan omonda bo’lmaydi. Agar kasal bo’lsa o’ladi. Kim o’zini minora ustida ko’rsa bunda yaxshilik yo’qdir. Chunki minora uning qabridir.
Misvok. Kim tushida misvok ishlatayotganini ko’rsa, u Rasululloh (s.a.v.)ning bir sunnatlarini bajaradi. Shuningdek, yaqinlariga ehson qiluvchi bo’ladi.
Mix. U insonlarning ishini yengil qiluvchi xalqparvar kishidir.
Moy. Zaytundan boshqa barcha moy tushda g’amdir.
Mol go’shtli ovqat. Kim tushida mol go’shtidan ovqat tayyorlab, uni tanovvul qilayotganini ko’rsa, go’zal hayotga dalolatdir.
Momaqaldiroq. U tushda yomg’irsiz bo’lsa, xavf, yana sultondan bo’lgan va’id va tahdiddir.
Momaqaldiroqli shamol. Momaqaldiroqli shamol kuch bilan ezuvchi zo’ravon hokimyatni bildiradi.
Moxov. Kim tushida moxov kasaliga giriftor bo’lsa, amali havfda bo’ladi. Agar jasadida bu kasallik ziyodalashib borsa, ketmas ko’p molga dalolat qiladi. Shuningdek, harom molga ham dalolat qiladi. Yana kuyish va yonishni ham bildiradi. Chunki u kuygan qondir.
Muz. Muz tashvish va azobdir. Lekin inson biror idishga suv qo’ygach, u muzlab qolsa, ketmas davlatga erishadi. Muzliklar podshoh va undan boshqalarning mollari turadigan uydir.
Mukofot. U tushda qiyinchilik, g’am va boshqa odam qo’lidagi molga ta’ma qilishga dalolatdir. Agar tushda yo’qolgan narsani to’lasa yoki mukofot beriladigan ish qilsa, bu ahdiga vafo qilish va muhabbatni muhofaza etishga, sababli ishlar qilishga dalolat.
Musiqa asbobi. Musiqa asboblarini tushda ko’rish dunyodagi behuda ishlar va soxta so’zlarga dalolat qiladi.
Musofir. Tushda kimnikiga musofirlar kelsa, tush ko’ruvchiga ular tomonidan beriladigan ma’lumotlarga dalolat.
Mushkul. (Ikki jins a’zosi ham bir odam). Uni tushda ko’rish ikkiyuzlamachilikka yoki shubha ishlarni qilishlikka dalolat.
Mushk –anbar. Tushdagi mushk-anbar muhtaram malaklarga dalolat etadi. Zero, u orqali foyda, daromad yoki mevasini terib oladigan bog’-bo’ston yoxud ulamolarning nafis ilmi keladi.
Mo’ylov. Mo’ylov tushda mol-davlatga dalolat qiladi.