Narxi past tangalar. U past darajadsagi gapdir.
Nasroniylar zunnori (belbog’I, kamari). Zunnor yangi keyim ustidan taqilgan bo’lsa, farzandga keyim ichidan bo’lsa, din va dunyosining fasodiga dalolatdir.
Nasroniylar qo’ng’irog’i. Nasroniylar qo’ng’irog’i xusumat va muhim ishlarda insonlarni to’g’ri yo’lga boshlaydigan olim kishiga dalolat qiladi. Ko’pincha urush, rizq va namozni bildiradi. Shuningdek xabarchi va maslahatchi odamga dalolatdir.
Ne’matlar yog’ilishi. Agar osmondan farovonlik, to’kin-sochinlik, rizq, mol-davlatni bildiradigan asal, moy foydali yomg’ir yog’adi va uning foydasi osmondan tushayotgan narsaga bo’ladi.
Noma’lum ichimlik. Ehtimol, noma’lum ichimlik (sharbat)haqiqatgo’y va g’amxo’r insonlarga dalolat.
Nomal’um tepalikka chiqish. Noma’lum tepalikka chiqish qadri ulug’ bir kishi yordamida oily maqomga ko’tarilishidir.
Noma’lum hovli. Noaniq hovli oxirat diyoridir.
Non. U ilm va Islomdir. Ba’zan u molga dalolat. Oq undan bo’lgan issiq non farzanga dalolat qiladi.
Nonvoy. U rizqi tartibsiz kishidir. Olov tekkan har qanday kasb gap va xusumatdir. Kim tushida nonvoy bo’lganini ko’rsa, ne’matga erishadi.
Noshar’iy aloqa. U tushda xiyonatdir. Kim tushda zino qilganini ko’rsa, xiyonat qilibdi.
Noqis amal. U umid qilinayotgan narsadan noumid bo’lishdir.
Nursiz chiroq. Chiroq nurlari yoritmaydigan bo’lsa, g’am qayg’uga dalolat.