O harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari
tush-tabiri
tush-tabiri
      O
Obdasta. Uni tushda ko’rish homiladorning o’g’il bola tug’ishiga, shuningdek o’yin-kulgu va qahqahaga dalolat qiladi.
Obinon. U bir yillik do’stlikdir. Uni taom uchun yeyish Allohning nematini past bilish.
Ov to’ri, qopqon. U tushda makr hiyla va aldov.
Odam axlati. Insonlar najosati bilan kir bo’lish kasallik yoki xavf- xatarga dalolat.
Oyna, shesha. Tushdagi shishaning o’zi ham, ham g’am-qayg’udir. Dori ichilayotgan shisha olim zotlarga dalolat.
Oyoq barmoqlari. Ikki oyoqning barmoqlari shu odam molining ziynati va yaxshi amalidir.
Oyoq keyim. Kim oyoq keyimini kiysa, shaharga boshliq bo’lishi mumkin (agar unga loyiq bo’lsa). Shuningdek, rahbarmas odamlar kiysa, hech kimi yo’q boy xotinga dalolat qiladi.
Oziq- ovqat, yemish. Oziq-ovqat faqirning boyishiga, qarzdorning qarzini ado etishiga dalolat qiladi.
Ola-bula. Kim tushida chovkar, ola-bula holda o’zini ko’rsa, moxov kasaliga yetadi.
Oily navli qog’oz chiqaruvchi. U tushda ilm va hidoyatga dalolat qiladi.
Olma sharobi. Olma sharobi (vinosi) xodim tomonidan yetadigan manfaatdir.
Olov yoqish. Kim isinish uchun chaqmoqtosh bilan olov yoqsa, o’zini to’q, bag’ritosh yoki kambag’al, jasoratli kishiga yordam so’raydi hamda ulardan foyda ko’radi.
Olovni o’chirish. Tushda olovni o’chirish fitna va bid’atni tag tomiri bilan yo’q qilishdir. O’chgan olovni o’chirishlik yomonlik asoratini yo’qotishdir.
Oltinli tuproq. Tushda uni ko’rish foyda beruvchi ilmga, sadoqatli do’stga, yaxshi ayol va solih farzandga dalolat qiladi.
Omborxona. Bug’doy saqlanadigan omborxona tush ko’ruvchining onasidir.
Ona. Tushda onani ko’rish otani ko’rishdan ko’ra ta’vil qilishda yaxshiroq. Bunda faqir boy bo’ladi.
Orqa peshov. U tushda yer va mol deb ta’bir qilinadi. Kim tushida orqasi to’silganini ko’rsa, vafot etadi.
Osmon. Osmonni tushda ko’rish, osmonnong o’ziga dalolat qiladi.
Osmonga ko’tarilish. Agar osmonga zina yoki arqon bilan ko’tarilsa, podshoh tomonidan martabaga ko’tariladi va uning huzuriga yetadi. Agar osmonga zina va arqon vositasisiz ko’tarilsa, sulton tomonidan kuchli xavf uchraydi.
Osmonga yetib borish. Agar tushida osmonga yetib borsa, ishining nihoyasiga erishadi. Agar yerga qaytsa, omonlik topadi. Tushida osmonga yetib boruvchi yo’lida kasal bo’lsa, so’ng yerga qaytmasa, vafot etadi.
Osmondan o’q-yoy otilsa. Agar osmondan otilayotgan o’q kelib jarohat yetkazsa, qon oqizsa, o’q tekkan insonning mulki sulton tomonidan musodara etiladi.
Osmonning tushishi. Osmonning tushishi qirg’oqchilik yeriga dalolat. Osmon kimgadir xosattan yoki ahliga tushsa, uyining shifti tushishidan darak. Osmon tushgan kimsa o’ngida kasal bo’lsa, vafot topadi.
Ota. Tushda inson otasini ko’rishi muroddir. Bu faqat yaxshilikka ta’vil qilinadi.
Otning tezagi. U tushda ulug’ kishining molidir.
Ot mingandagi ter. Kim otga minib uni choptirsa, hatto ter oqsa, u ko’pchilik o’ziga ergashishini istaydi va ter tufayli bu borada gunohga botishiga dalolat.
Oqlash. Kim tushida birovni oqlasa, xavfan omonda bo’ladi.
Oqlik. Tushda u solih amal va taqvo bilan birga moldir.
Oq rang. Kim yuzini hamma narsadan oqroq ko’rsa, kasallikdir. Kim yuzidagi yanog’ining rangini ko’rsa, azizlik va ulug’likka yetadi.
Ojiz. U ishni kaliti va xotimasidir.
Og’izdan narsa chiqishi. Agar og’izdan soch, ip yoki safro chiqsa, umri uzun bo’ladi.
Ohakdan o’choq. Kim tushida ohak o’chog’ini quradigan bo’lsa, sultonlikka erishadi.