Paypoq. U tushda molga va uni saqlashga dalolat qiladi. Shuningdek, paypoq xodim yoki xotin deb ham tabir qilinadi.
Panos, ich ketishi. U tushda ayol kishi uchun to’lg’oq tutishidan darak beradi.
Paranji. Paranji tushda ayol kishining eridir. Keng paranji kishi holatning yaxshiligi, uning sifatlari esa kishi molining ko’pligidir va uning diniyu martabasi yaxshiligidir.
Patlar. Tushdagi patlar davlat va mansabga dalolatdir.
Paxsa. Paxsa tushda salobatli kishiga dalolat qiladi.
Peshona. U odamlar orasidagi obro’si va ishlarining amalga oshishi belgisidir. Agar peshonasida biror ayb bo’lsa, haybati, ulug’ligi va ishlari rivojida kamchilikdir.
Pichoq yasaydigan usta, pichoqchi. Tushda pichoqni ko’rish viqor-vazminlikka yoki yomonlik va xusumat egasiga dalolat qiladi. Ko’pincha ishlar uni qo’lida bitadigan hokimiyat vakiliga ham ishora.
Pishloq. Rohat va moldir. Kim tushida nonga pishloq qo’shib yesa, faqir yoki kasal bo’ladi. Yana u foydali molga uzoq umrga ham dalolat.
Poliz ekini. U do’zax ahlining oziq-ovqati bo’lib, unda yaxshilik yo’q . Kim tushida undan esa, do’zax ahlining amalini qiladi.
Palitsiya, zobit. U tushda o’lim farishtasi. Aytilishicha, qo’rqinch va g’am-tashvish hamdir.
Popuk, kokilcha. U tushda azizlik va turli navdagi mol-davlat, izdoshlar. Ehtimol, yomonlik va shubha gumondir.
Popukfurush. U tushda yomonlik ehtimol, kitoblar xazinalari va naslning ko’payishiga dalolat.