Ravza, bog’. Ravza, bog’ ehtimolga loyiq har bir makon va Allohga itoat qilinadigan joyga ta’bir qilinadi.
Rang, bo’yoq modda. U tushda biron narsani berkitishdir. Kim tushida soqolini emas, boshini xina bilan bo’yaganini ko’rsa, boshlig’ini sirini saqlaydi. Agar soqolini ham, boshini ham bo’yaganini ko’rsa, faqirligini berkitishga kirishadi va odamlar orasida qadr topadi.
Rasm. Rasmlar tushda esdalik va mav’izalarga dalolat.
Raqs tushish. Agar u o’zi uchun raqs tushgan bo’lsa, musibat sohibi bo’ladi.
Raqqos. Unga musibatlar keluvchi kishidir.
Rido. Agar u yangi bo’lsa, kishining martaba va azizligidir.