I harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari
tush-tabiri
tush-tabiri
      I
Ibrohim alayhissalom- hayru baraka, uzoq umr, rizq
Igna- hiyla, mehnat
Idish tovoq- qanoat, davlat
Idris alayhissalom- hidoyat
Izquvar- safar, hibs
Ilgak- yolg’izlik
Ilyos aayhissalom- murod
Ilon- yahshilik va yomonlik
Iltimos- ibodat
Imomi a’zam- taqvo, izzat, baraka
Imomat- martaba
Ipak- mol
Isyon- hiyonat
Isinmoq- manfaat
Isirg’a- farzand, oila, ilm
Isrofil — ilm , ulug’lik
Issiq non- yahshilik
Issiq suv- zarar
Isqirt xotin- inqiroz
Isxoq alayhissalom- zulmdan qutulish
It- qayg’u, tashvish, g’oliblik, vafo
Ichkiyim- sovg’a, bemorlik
Ichimlik- sog’lomlik, kasallik
Ichkilik- harom mol, qashshoqlik
Igna. U Bo’ydoq uchun uylanishga, faqir uchun esa uchun uning holi yopilishiga dalolat qiladi. Kim tushda igna topib olsa, talab qilib turgan yaxshi ishlariga sababdir.
Idish. Agar u bitta bo’lsa, mashhur yolg’on xabardir.
Ijara. Tushida bir nimani ijara olsa o’ngida ijara nikohga ham dalolat qiladi.
Ikki lab. U ota-onasi, eshikning ikki qanoti kabi og’iz unga dalolat qiladigan har bir narsaning ikki muhofaza qiluvchisiga dalolat.
Insonning basharasi. Insonning basharasi va terisi uning satri-to’suvchisidir.
Inson oilasi. Tushda oila yaxshilik va rizqqa dalolat.
Ipakli keyim. Ipakdan bo’lgan keyim- boshlar harom mol va dinda fasodlikdir. Ipak, shoyi va zarbofdan bo’lgan keyimlar sultonga ham dalolatdir.
Ip yigiruvchi ayol. Qanoat, sunnatga ergashish va yaxshilik yetishiga dalolat qiladi.
Ism. Agar insonning ismi tushida boshqa ismga aylanib qolsa, baxtli va salomat bo’ladi.
Ichak chavaq. Ichdagi narsalar uy matolariga qiyoslanadi.
Ichimlik. Rangi sariq bo’lgan har qanday ichimlik tushda ko’rilsa kasallikka dalolat.
Ishton. Ozod xotindir.
Ishtonbog’. Aytishlaricha, u moldir. Agar ishtonbog’i ilon bo’lsa, xotinining qarindoshlari unga dushmandir.
Ishqor. Kim tushida u bilan ikki qo’lini yuvganini ko’rsa, talab qilgan narsasidan noumidlikdir.