Windows 10 tizimida fleshkani qismlarga bo’lish
Windows 10 1703 (Creators Update) versiyasidan boshlab, fleshkalarni qismlarga(раздель, partition) bo’lish mumkin. Bu nima degani sizning fleshkangiz vinchesterga o’xshab kompyuterda ikkita disk ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Demak, fleshkani R va S disk ko’rinishida bo’lamiz, R disk ko’rinishidagi diskka 10GB, S diskka qolgan hajmni beramiz.
1. Fleshkani kompyuterga ulayimiz, misol uchun fleshka E disk deb namoyon bo’ldi(fleshka 32GB).
2. Win + R -> diskmgmt.msc va Enter. Bunda «Управление дисками» oynasi ochiladi.
3. Quyida E disk — fleshkani topamiz va sichqonchani o’ng tugmasini bosib «Удалить том» orqali mavjud qismni o’chiramiz. Shunda fleshka «Не распределена» ko’rinishida bo’ladi.
4. «Tom»siz fleshka ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosib, «Создать простой том».
5. «Далее», fleshkani birinchi qismiga hajm beramiz, 10240 MB(10GB) va «Далее».
6. Birinchi qism uchun harf tanlaymiz, misol uchun R, «Далее» va yana «Далее», «Готов».
Fleshkani ikkinchi qismga ajratish uchun, yuqoridagi 4,5,6 bo’limlar qayta bajariladi va boshqa nom va hajm beriladi.