Qashqirlar makoni (turkcha: Kurtlar Vadisi) — 2003-2005-yillar mobaynida suratga olingan teleserial. Serialda bosh qahramon Poʻlat Alamdor (Ali Jondan) yoshlik paytida oʻz oilasidan olib qochiladi. Va davlat xizmatchisi etib tarbiyalanadi. Bunda unga JXT razvetka tashkilotining rahbari Aslan Akbey yaqindan yordam beradi. Aslanning buyrugʻi bilan Ali Jondan yuzi plastik operatsiya qilinib Poʻlat Alemdarga aylantiriladi. Dastlab Poʻlat kichik bir mafiachi (Sulaymon Chaqir) bilan doʻst tutinadi. Davlat xizmatlarini u bilan birga ammo unga bildirmasdan amalga oshiradi. Chaqir halok boʻlgach, Poʻlatning oʻzi uning oʻrnini egallaydi va mafia otasi boʻladi. Serial oʻrtalariga borib Aslan Akbey ham halok boʻlgach, butunlay yakkalanib qolgan Poʻlat Alemdar barcha ishlarni bir oʻzi amalga oshiradi. Bunda unga yordamchilari Memati Bosh va Abdulxay yaqindan yordam berishadi. Serial yakuniga qadar Poʻlat Alemdar barcha yaqinlaridan birin-ketin ajralib boradi. Sevgan ayoli Elif Eylul ham vafot etadi.