OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn boʼlib oʼtadi 2020 yil
❗️OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn boʼlib oʼtadi
Аbiturientlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn hujjat topshirishlari mumkin boʼladi.
Аbiturientlar
➡️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz
➡️Davlat test markazining rasmiy veb-sayti — dtm.uz
➡️ Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn roʼyxatdan oʼtkaziladi.
Аbiturientlarga uydan chiqmagan holda mobilь telefon (kompьyuter) yordamida onlayn roʼyxatdan oʼtish imkoniyati yaratiladi.
Test sinovlari karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda oʼtkaziladi.
OTMlarga qabul koʼrsatkichlari taʼlim yoʼnalishlari va oʼqitish tili kesimida DTM hamda tegishli oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.