💊Smekta — diareya ga qarshi vosita.
#Smekta
#Смекта
💊DORI SHAKLI : 👇
Ichga qabul qilish uchun , suspenziya tayyorlash uchun kukun.
💊TARKIBI : Diosmektit.
💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA 👇
Diareyaga qarshi vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Bolalar va chaqaloqlarda diareyada
— Kattalarda o’tkir diareyada
— Surunkali diareyada
— Gastritda
— Me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligida
— Yo’g’on ichak yallig’lanishida
— Jig’ildon qaynashida
— Qorin dam bo’lganda
— Qorinda noqulaylik xissi bo’lganda qabul qilinadi.
🎨QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇
— 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 paketcha buyuriladi.
— 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 — 2 paketcha buyuriladi.
— 2 yoshdan katta bolalarga kuniga 2 — 3 paketcha buyuriladi.
— Kattalar esa o’rtacha kuniga 3 paketcha dan qabul qilsalar bo’ladi.
💥Tayyorlash usuli quyidagicha 👇
Paketchaning ichidagisi iste’mol qilinishidan oldin suvda eritilishi kerak :
Bolalarda 50 ml lik bolalar butilkasida qaynagan suv bilan eritiladi va biroz sovutiladi. Yoki kompot , bolalar ozuqasi, bo’tqa bilan aralashtiriladi.
Kattalarda esa paketcha ichidagisi 1/2 stakan suvda eritiladi .
Ovqat qabul qilish lar orasida qabul qilinadi .
Jig’ildon qaynaganda esa ovqatdan keyin qabul qilinadi.
🔴Nojo’ya ta’siri 👇
— Qabziyat
— Ichakni dam bo’lishi , qusish ( kam xollarda).
— Teri toshmasi
— Teri qichishish
❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar : 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lgandaa
— Qabziyat da mumkin emas
— Fruktozani o’zlashtira olmaslik holatida.
💊ESLATMA: Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin.