Tushda Go’dak ko’rsa
tush-tabiri
tush-tabiri
Go’dak — umid, kelajak timsoli. Agar tushingizda go’dakni xayvon tishlab olganligi ko’rinsa, bu tush kelajakda yerda ko’plab vampir (odamxur) lar paydo bo’lib, birinchi navbatda bolalarga jiddiy xavf solinajagidan guvoxlik beradi. Tushda xomilador erkak ko’rinsa — bu ko’p yillardan beri erkaklarning homilador bo’lib, chaqaloq tug’ishi to’g’risidagi mish-mishlarning haqiqatda ro’y berishi belgisidir. Balki bu yovuz kuchlarning aralashuvisiz sodir bo’lar, ammo bu haqiqat erkakni va chaqaloqni dunyoga mashxur etadi. Agar tushda nogiron go’dak ko’rinsa — bunday tush butun insoniyat xavf ostida ekanligidan, bu xavf bizning atmosferani ifloslantirishimiz oqibati bo’lishidan ogoh etadi. Tush ko’ruvchiga bu tush uning o’zi juda yordamga muxtoj bo’ladigan odam bilan uchrashishidan darak beradi. Yiqilib tushgan ayol qo’lidagi irkit bolani tushda ko’rish — bu tush yerning katta xavf ostida turganligidan dalolatdir. Kelajakda bog’liq misli ko’rilmagan miqdordagi odamlardan zaharlanadi va insoniyat qirilib ketish bo’sag’asiga kelib qoladi. Biroq halokatli axvolni xech narsa bilan o’zgartirib bo’lmaydi, deb turilganda ushbu daxshatli kasallikka qarshi dorini yaratuvchi inson paydo bo’ladi. Agar sizga oyoqlari yo’q bola tush ko’rinsa, bu tush yerning hav — xatarda turganligidan shoxidlik beradi. Atrof-muxit nihoyatda ifloslanganligi bois ko’plab bolalar jismoniy nuqsonlar, shuningdek, ruxiy kamchilik bilan dunyoga keladilar. Doimiy, jilmayib turgan bolani tushda ko’rish yaxshi alomat. Nixoyat yerda saodatli damlar boshlanib, yer yuzida sevgi hukmron bo’ladi. Odamlar urushlardan, qashshoqlikdan, ochlikdan qo’rqmay qo’yadilar, chunki kuplab sog’lom, chiroyli farzandlar dunyoga kela boshlaydilar. Agar tushda yerda chopib yurgan go’dak ko’rinsa, bu yangilanishni bildiradi, yangi insoniyat alomatidir. Tushda go’dak ilonni siqayotgan yoki o’ldirayotgan bo’lsa, bu insoniyat yadro urushi xavfining oldini olish yo’lini topganligidan ayon etadi. Agar siz tushingizda o’zingizni chaqaloq qiyofasida ko’rsangiz, bu sizning hayotda shunday darajasiga etib kelganingizni, endi o’z hayotingizni qo’rib chiqib, uni o’zgartirishingiz lozimligining alomatidir. Yig’layotgan go’dakni tush ko’rish — o’ngda o’z kelajagingizning xatarga duch kelishini bildiradi. Tushingizda o’z farzandingizni izlayotgan bo’lsangiz, demak, yo’qolgan umidni topishga harakat qilasiz. Go’dakni gul yo’layotganini tush ko’rish-ma’naviy yuksalishning alomatidir. Agar tushingizda go’dakning qo’lidan ushlab turgan bo’lsangiz, bu qiyin ahvoldan chiqib olishga harakat qilishingizdan dalolat beradi.