Avtomobil old oynasi darz ketdi, nima qilish mumkin? Avvaliga zarar yetganlik darajasini aniqlash lozim. Quyidagi holatlarda uni almashtirish lozim:
1. Konstruktsiya qattiqligi buzilgan bo‘lsa, yoriqlar oyna chetiga yetib boradi;
2. Yirik yoriqlar isitish hududida joylashgan bo‘lsa, ularni yozda tozalash qiyin bo‘ladi, qishda esa oyna isitilganda yorilib ketadi;
3. Yoriqlar juda ko‘p bo‘lsa.
Old oyna zarar yetgan hudud unchalik katta bo‘lmagan holatda, u mutaxassislar yordamida avtoservisda ta’mirlanishi mumkin.