Bolalarda vitamin yetishmasa

Har bahor oylarida yoki yoz boshida bolalarda quyidagi belgilar kuzatiladi: doimiy charchoqlik, uyquchanlik, asabiychanlik, injiqlik, sochlar toʼkilishi, lablarda yoriqlar paydo boʼlishi, tirnoqlar sinishi va ularning moʼrtligi. Bu belgilar birgalikda avitaminoz kasalligi belgilari hisoblanadi.

Maʼlumot oʼrnida:

Organizmda ayrim vitaminlarning umuman yetishmasligi avitaminoz deb yuritiladi.
Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz deb yuritiladi.

Darvoqe.

Shifokorlarning aytishicha, avitaminoz holati mavsumiy kasallik hisoblanmasdan, balki bolalarda yil boʼyi uchrab turadi. Buning asosiy sababi bolalarni noratsional ovqatlantirish, sifatsiz konservalangan mahsulotlarni qabul qilish, noqulay ekologik muhit hisoblanadi.

Buni bilasizmi?!

А va D vitaminlarini mustaqil holda qabul qilish mumkin. Аmmo bu vitaminlarning organizmda miqdori oshib ketishi turli kasalliklarga olib keladi.

Masalan: organizmda А vitamini koʼpayib ketganda suyak toʼqimasi kasallilkariga olib keladi. Bolalar organizmida D vitamini oshib ketishi esa yurak, buyrak va suyak toʼqimalari uchun xavflidir.

Quyidagi jadvalda vitaminlarning nomlari, kunlik extiyoj miqdori va tanqislik belgilari koʼrsatilgan: