Bekalar uchun foydali tavsiyalar
Bolalar kiyimida tez-tez shokoladdan qolgan dogʼ paydo boʼladi. Ularni yuvishdan avval biroz shoʼr suvga solib qoʼying. Soʼngra iliq suvda chayib olasiz. Kiyimlardagi qizil va sariq dogʼlarni esa limon kislotasi bilan tozalagan maʼqul. Oq kiyimlardagi dogʼni mashhur firmalarning oqartirgichida emas, balki tabiiy usullar yordamida ketkazishga harakat qiling. Oqartirgichlar yaxshi samara beradi, lekin mato shikastlanib tezda chiriydi.
Yostiq yoki koʼrpa jildlarini yuvishdan avval bir chelak iliq suvga 1kg suz solib, jildlarni biroz ivitib qoʼying. Soʼng suvni toʼkib, ularni uncha issiq boʼlmagan suvda yuvasiz. Shunda jildlar oʼz rangini yoʼqotib, xira tortib qolmaydi.
Isteʼmol sirkasi va suv aralashmasi yordamida oyna koʼzgusidagi dogʼ-u tilla rangdagi yogʼoch romlarni, vanna hamda emal idishlarni tozalash mumkin. Buning uchun iliq suvga sirka solib, aralashtirasiz (1litr suvga 1 osh qoshiq sirka). Аgar vannadagi zang dogʼlari nihoyatda koʼp boʼlsa, suv oʼrniga tuzdan foydalangan maʼqul (2 osh qoshiq sirkaga 1 choy qoshiq tuz qoʼshiladi).
Tilla buyumlar saqlanadigan qutichaga bir boʼlak solib qoʼyilgan boʼr ularni qorayib qolishdan asraydi.
Stol yoki silliq joyga mum tushsa, darxol uni qirib tashlashga oshiqmaslik darkor. Issiq fenni oʼsha joyga tutib, mumni eritib, soʼngra latta bilan artib olgan maʼqul.
Momiq sochiqni yuvib-chayib boʼlgach, biroz tuz qoʼshilgan suvga solib qoʼying. Soʼng yaxshilab siqib olib yoysangiz, u paxmayib, yumshoq boʼladi.
Qoʼl sigʼmaydigan chinni va shisha idishlarni tozalashda ularning ichiga qaynoq suv qoʼyib, gʼijimlangan qogʼoz solib, yaxshilab chayish lozim. Shunda bari top-toza boʼladi.
Sirli idishda ovqat pishirayotganda u tagiga olsa, idishni isteʼmol sodasi solingan suv bilan qaynatish mumkin. Isteʼmol sodasining oʼrniga 2-3 dona mayda piyoz ham ishlatsa boʼladi.
Аgar gilam rangi yorqinroq boʼlishini istasangiz, kechqurun ustiga mayda tuz sepib, ertasiga uni yumshoq nam mato bilan artish lozim.
Chumolilar shakar, asal yoki murabbo solingan bankaga xujum qilmasin desangiz, idish chetiga kungaboqar yogʼini surtib qoʼying.