Xotirani mustahkamlash
Statistik maʼlumotlarga qaraganda, inson miyasi kun davomida milliardlab maʼlumotni qabul qilar ekan. Ularning faqat maʼlum qismi xotirada saqlanib qoladi. Аyniqsa, siz koʼrib, eshitib hamda yozib olgan maʼlumotlar keyinchalik eslashingizda qoʼl keladi. Xoʼsh, xotirani qanday qilib mustahkamlash mumkin? Quyida bu borada bir nechta tavsiya berib oʼtmoqchimiz.
Thinking
Yangiliklar ortidan quvib yashang! Xotirani rivojlantirishning eng qulay usullaridan biri doimo yangiliklarni miyada saqlashdir. Аgar chet tilini oʼrganayotgan boʼlsangiz, tizimga oid yangiliklardan boxabar boʼling. Bu inglizcha «Use it or Lose it», yaʼni «Foydalaning yoki unuting» degan maʼnoni anglatadi. Hamisha sohangizga doir qaynoq yangiliklarni oʼrganib borsangiz, ularni avvalgisi bilan solishtirish imkoniyati tugʼiladi. Bu esa xotiraning mustahkam boʼlishini taʼminlaydi.

Takrorlash — xotiraning onasi. Siz oʼrgangan maʼlumot xech kimni qiziqtirmasa ham, uni kimgadir oʼrgatishdan charchamang. Bu jarayon xotirada maʼlumotning mustahkamlanishini taʼminlaydi. Sizni tinglovchilar va suhbatingizga qiziquvchilar qanchalik koʼpaysa, shunchalik miya faoliyati yaxshilanadi.

Tilimning uchida turibdi… Baʼzan shunday holatlar boʼladiki, siz bilgan maʼlumot kerakli paytda yodingizdan koʼtariladi. Shunda koʼpchilik «tilimning uchida turibdi» deydi-yu, eslay olmaydi. Bu paytda oʼsha maʼlumotlarga tegishli boshqa voqea-hodisani va taʼriflarni yodga oling. Shundagina koʼzlagan maqsadingizga erishasiz.

Oʼrganishning turli usullaridan foydalaning. Odatda insonlar koʼrib, eshitib va oʼqib oʼrganuvchilar toifalariga boʼlinadi. Misol uchun, bir xil axborotni uch kishi uch usulda qabul qiladi. Bu oʼzlariga qulayini tanlaganliklari uchundir. Siz ham oʼzingizga qulay boʼlgan yana biron usulni oʼzingizga hamroh qilsangiz, esda saqlash yanada osonlashadi.

Mashqlarni bir vaqtning oʼzida bajarmang. Barcha xotirasi sira pand bermasligini hohlaydi. Lekin, har narsaning meʼyori bor. Yaʼni barcha tavsiyalarni bir vaqtning oʼzida bajarish miyangizga aks taʼsir koʼrsatishi mumkin. Har bir mashqdan soʼng kamida ikki soat boshqa yumumshlar bilan mashgʼul boʼling. Kitob mutoala qiling yoki sayr qiling. Bu orada yana bir mashqni bajarishga urinmang.

Yuqorida berilgan tavsiyalarga hamisha amal qilib borsangiz, oʼylaymizki, xotirangiz sira pand bermaydi. Muhimi, oʼzingizda ishonch hosil qilingki, u mukammal xotira egasi boʼlishingizga koʼmaklashsin.