Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam
Buni keyinroq bajaraman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?» Bu gaplar qanchalik koʼp ishlatasiz? Har kuni?! Аxir oʼsha «keyin» ham qachondir kelishi kerak-ku! Ungacha uyingizdagi yumushlar yigʼilib qoladi-ku!
SONY DSC
Nima yoʼqotayotganingizni oʼylab koʼring. Til oʼrganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yoʼq joydan janjal chiqib, koʼngil xira boʼladi.
Oʼzingizga ragʼbatlantiruvchi omil toping. Аtrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan oʼzib ketibdi-ku! Xasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang!
Diqqatingizni chalgʼitmang. Muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi? «Butun dunyo oʼrgimchak toʼri»ga ilinmaslikka harakat qiling. Аvval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.
Oldingizda turgan ishlar juda koʼp boʼlsa, ularni qismlarga boʼlib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib boʼlgach, qolgani choʼt boʼlmay qoladi.
Siz ishlayotganizda oʼzgalar bezovta qilmasligini taʼminlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalgʼitadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini koʼring.
Oʼzingizga ish yigʼmang. Masalan, baʼzi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni oʼsha zahoti qilgan maʼqul. Chunki tartib oʼrnatishdan koʼra uni saqlab turish osonroq.
Oʼzingiz kabi oʼzgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda oʼzingizni kattaroq ishlarni bajarishga ragʼbatlantirasiz.
Maslahatlarni shu joyigacha oʼqib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Natijalar koʼzga tashlanishi bilan yutuqlarni oʼzingizga-oʼzingiz sovgʼa qilib mustahkamlang.