Ayol libosi — tashrif qog’ozi

Qanday libos kiyganligingizga qarab, fe’l-atvoringiz xaqida so’z yuritish mumkin. Bir so’z bilan aytganda, libos bu insonning tashrif qog’ozidir. Insonning ruhiy holati albatta uning tashqi ko’rinishida o’z aksini topadi.
Ammo kiyinish uslubingiz qanday bo’lishidan qat’iy nazar, siz orasta kiyinishning uddasidan chiqishingiz lozim. Bunda quyidagi qoidalar sizga ko’mak beradi.

????????????????????????????????????
  1. Egningizdagi har qanday libos xushbichim va jozibador bo’lishiga e’tibor qarating.
  2. Ayrim uslublarga xos an’anaviylikni «modadan qolish» yoki qusur deb hisoblamang.
  3. Liboslarni mavsumga va joyga qarab tanlang.
  4. Tanlangan liboslar ranglarining mutanosibligiga ahamiyat bering.
  5. Aksessuar va bijuteriya libosingizga mos uslubda bo’lishini ta’minlang.
  6. Agar moda bilan hamnafas bo’lmoqchi bo’lsangiz, libosingiz 2-3 yil oldin «urf» bo’lgan bichimda tikilmaganligiga alohida e’tibor bering.
  7. Kiyim xech qachon iflos, rangi o’chgan, dazmollanmagan bo’lmasligi lozim.

Har bir libosning o’ziga yarasha xususiyati bor. Agar siz o’z hayotingizni tubdan o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, ishni tashqi ko’rinishingizni, xususan kiyinish uslubingizni o’zgartirishdan boshlang. Bu harakatingiz, albatta, o’zining sexrli ta’sirini ko’rsatadi!