Ajinlarga qarshi niqob. Kechqurun yotishdan avval bitta tuxum sarig’ini bir osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq suli uni bilan aralashtirib, qo’lingizga surtasiz. Yupqa matodan qo’lqop kiyib olib, bemalol uyquga yotishingiz mumkin. Ertalab qo’llaringiz mayinlashib ajinlar yopiladi.
Terini yumshatish uchun niqob. 1 osh qoshiq asalni 2 osh qoshiq o’simlik moyi, bitta tuxum sarig’i va bir necha tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Aralashmani qo’lingizga surtib, qog’oz matoli qo’lqop kiyib oling. Bu niqobni kechasi qo’ysangiz maqsadga muvofiq.
Qarishga qarshi niqob. 2 ta kartoshkani qaynatib, sut solib, bo’tqa holiga kelguncha eziladi. Suyuqroq va hali sovumagan aralashmani teriga surtib qo’yasiz. 2-3 soatdan so’ng iliq suvda yuvib tashlaysiz.
Dog’larga qarshi niqob. Ikki osh qoshiq suli unini 1 osh qoshiqdan issiq suv va kungaboqar moyi, 1 choy qoshiq limon suvi bilan aralashtiring. Qo’lga surtib qo’lqop kiyib oling. Ertalab qo’lingizni iliq suv bilan yuvib quriting.
Qo’lni mayinlashtirish uchun niqob. Yarimta tuxum sarig’ini ko’pirtirib, oz-ozdan 1 osh qoshiq o’simlik moyi qo’shiladi. Aralashma qo’lga yaxshilab uqalab suriladi. 15-20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib, qo’lga krem suriladi.
Sovuqda tirishgan qo’llar uchun. Bitta sersuv sabzini qirg’ichdan chiqarib, 2 choy qoshiq kraxmal qo’shing. So’ng bitta tuxum sarig’ini aralashtirib, qo’llaringizga suring. 20 minutdan so’ng avval iliq, keyin sovuq suvda chaying. Bu niqob qo’l terisini yumshatadi.
Tirsak uchun niqob. Ikki bo’lak apelsin suvini siqib, 4 osh qoshiq o’simlik moyiga aralashtiring. Uni tirsak terisiga surib 5-10 minut uqalab turing. Agar tirsak terisi quruq bo’lsa, niqob yarim soat tursin, so’ng salfetka bilan artib tashlang.
Teri qurishiqa qarshi niqob. Barra petrushkani go’shtmaydalagichdan chiqarib suvini siqib oling. 1 choy qoshiq petrushka sharbatiga, yarim osh qoshiqdan ko’proq baliq yog’i, 3 choy qoshiq yog’siz tvorog aralashtiring. Qo’l terisiga surib bo’lib 15-20 minutdan so’ng yuvib tashlang.