Uzum sharbati teridagi modda almashinuvini tezlashtiradi va taranglashtiradi. Uzum tarkibidagi antioksidantlar yosh koʼrinishga yordam beradi.
Shaftolini issiq suvga botirib poʼstidan tozalab, magʼzini ezib, yuzingizga surting. Bu niqob yuzning dagʼalligiini ketkazib, quruq yuzni yumshatadi.
Tozalangan kartoshkani qirgʼichdan chiqarib, yuzga surtib, barmoq uchida uqalang. Soʼng sovuq mineral suv bilan yuving. Bu yuzdagi teshiklarni toraytirib, yuzni oqartiradi.
Yuzingiz oftobda qoraygan boʼlsa tarvuz sharbatiga bodring suvini aralashtirib yuzingizni tozalang.
Аgar yuzda husnbuzar boʼlsa tarvuz sharbatiga paxtani botirib, yuzni arting.
Sepkil va pigment dogʼlar yuzingiz husniga soya solsa. Har kuni ertalab va kechqurun 1 osh qoshiqdan limon sharbati hamda olma sirkasini aralashtirib, yuzingizni tozalang. Uch hafta mobaynida shu muolajani qilsangiz, natija sizni quvontiradi.
Quruq yuz terisi uchun. Bir dona tuxum sarigʼi, 1 choy qoshiq oʼsimlik (yoki zaytun) yogʼi va yarim choy qoshiq limon sharbatini qoʼshing. Ushbu niqobni yuzingizga surtib, 20 daqiqadan keyin yuving.
Yogʼli yuz terisi uchun. Ikki osh qoshiq suli yormasini koʼpirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirib, 1-2 tomchi limon sharbatidan qoʼshing. Niqob yuzingizda 20 daqiqa turgach, limon sharbati qoʼshilgan suv bilan arting.